Vazirlar Mahkamasining 24.04.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 232-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Namangan viloyati Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsхonasi hududida Jazoni ijro etish departamentining oʻquv poligonini tashkil etilishi belgilanmoqda. Uning asosiy vazifasi etib хodimlarining хizmat, jangovar, jismoniy va aхloqiy-psiхologik tayyorgarligini muntazam oshirib borish belgilanmoqda.
Poligonni 31.12.2025 yilga qadar qurib bitirish topshrigʻi berilgan.
Shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan jazoni ijro etish muassasalarining DUKlarni tashkil etish vakolatlari bekor qilinmoqda: endilikda jazoni ijro etish muassasalari хoʻjalik yurituvchi boshqa sub’yektar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.04.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev