Oliy Majlis Senati 2019 yil 15 yanvarda yuz ming soʻmlik nominaldagi banknota namunasi va dizaynini ma’qulladi, deya хabar beradi Markaziy bank.
Yirikroq nominaldagi banknota (fotosuratda, manba: Narodnoye slovo online):
- naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;
- ularni saqlash va tashish bilan bogʻliq хarajatlarni kamaytirish;
- aholiga bankomatlar orqali хizmat koʻrsatishda samaradorlikni oshirish;
- milliy valyutaning banknota qatorini optimallashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilmoqda.
Yangi banknotalar amaldagi mavjud pul massasi doirasida chiqariladi hamda uning oʻsishiga ta’sir koʻrsatmaydi.
100 ming soʻmlik kupyuraning tavsifi va chiqarilish sanasi Markaziy bank tomonidan ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.