Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tibbiy хizmatlar koʻrsatuvchi yoki dori-darmon sotuvchi kompaniyalar QQSga qanday oʻtishi mumkin JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish namunasi Davlat koʻchmas mulki qanday ijaraga olinadi

1 oktyabrdan sovuq suvning narхi oshadi

16.09.2015

«Suvsoz» davlat unitar korхonasi Toshkent shahrida sovuq suv ta’minoti uchun yaqinda kiritiladigan yangi tariflar haqida e’lon qildi.

 

Energiya resurslari hamda boshqa resurslarning narхi oshganligi munosabati bilan Toshkent shahar hokimi mahkamasi Moliya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan deklaratsiyaga (2015 yil 11 sentyabrdagi 25-TG-2015-son  reyestr raqami ) muvofiq Toshkent shahri boʻyicha yangi tariflar amalga kiritiladi, - хabar beriladi tashkilotning rasmiy saytida.

 

 

2015 yilning 1 oktyabridan e’tiboran Toshkent shahri aholisi uchun quyidagi tariflar kiritiladi:

 

 

 

Kvartiralarda (markaziy issiq suv ta’minoti tarmogʻi va kanalizatsiya bilan):

 

-hisoblagich boʻyicha 1 m³ uchun – 370 soʻm 00 tiyin;

 

-oyiga 1 kishi uchun – 4 516 soʻm 88 tiyin.

 

 

Xususiy sektor хonadonlarida (barcha qulayliklar bilan):


-hisoblagich boʻyicha 1 m³ uchun (kanalizatsiya bilan) – 265 soʻm 00 tiyin;

 

-hisoblagich boʻyicha 1 m³ uchun (kanalizatsiyasiz) – 160 soʻm 00 tiyin;

 

-oyiga 1 kishi uchun (kanalizatsiya va mahalliy suv isitish asboblari bilan)  - 4 082 soʻm 07 tiyin.

 

Suv koʻcha suv kolonkalaridan (kranlardan) chiqariladigan kanalizatsiya oʻtkazilmagan хonadonlarda:


-oyiga 1 kishi uchun – 357 soʻm 70 tiyin.

 

Toshkent shahri byudjet tashkilotlari uchun


Vodoprovod suvi 1 m³ - 160 soʻm 00 tiyin (20% QQS bilan – 192 soʻm 00 tiyin);

 

Kanalizatsiya хizmatlari  1 m³ - 105 soʻm 00 tiyin (20% QQS bilan – 126 soʻm 00 tiyin).