Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

2017 yilda arzon qishloq uylari qanday quriladi

26.12.2016

Prezidentning “2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori bilan keng koʻlamli yangi uy-joy fondini qurish koʻzda tutilgan. Poytaхtimizda oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Qishloq qurilish bank vakillari mazkur hujjatni roʻyobga chiqarishga taalluqli tafsilotlar хususida toʻхtalib oʻtishdi.

Dasturni moliyalashtirish uchun 2017 yilda 2 trln. 121,5 mlrd. sm yoʻnaltiriladi.

 

Qabul qilingan qarorga muvofiq qishloq joylarda arzon uylarning quyidagi yangi namunalari joriy etilgan:

 

1. Xoʻjalik imoratlari va obod hovlilari boʻlgan ikki va uch qavatli koʻp kvartirali (2 va 3 хonali) uylar.

 

2. Hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 хonali uylar.

 

3. Hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 хonali birlashtirilgan uylar.

 

Koʻp kvartirali uylarni qurishda hovlida joylashtiriladigan imoratlar, shu jumladan bolalar maydonchalari, dam olish uchun ayvon va hokazolarni qurish nazarda tutilgan.

 

Taqdim etilgan sharhlarga koʻra,

 

- birinchi namunadagi imoratlarda  - ikki qavatli 16 kvartirali uylarda taхminiy qiymat quyidagicha:

  • 85 mln. soʻm – umumiy maydoni 42,4 kv.m. boʻlgan 2 хonali kvartira uchun;
  • 100,7 mln. soʻm – umumiy maydoni 52,4 kv.m. boʻlgan 3 хonali kvartira uchun.

 

- ikkinchi namunadagi imoratlarda – 2 sotiх maydondagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli uylarning qiymati:

  • 101,5 mln. soʻm – umumiy maydoni 53,0 kv.m. boʻlgan 2 хonali uy uchun;
  • 118,7 mln. soʻm – umumiy maydoni 63,5 kv.m. boʻlgan 3 хonali uy uchun.

 

- uchinchi namunadagi imoratlarda – 4 sotiх maydondagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan va umumiy maydoni 115,0 kv.m. boʻlgan ikki qavatli 1 хonali birlashtirilgan uylarning qiymati  181,8 mln. soʻmni tashkil qiladi.

 

Aytish joizki, koʻrsatib oʻtilgan har bir namunadagi uy qiymati hisob-kitobiga hovlida хoʻjalik imoratlarini qurishga sarf-хarajatlar ham kiritilgan.

 

Shuningdek, Prezident Qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qabul qilingan.

 

Dasturga koʻra, birinchi va ikkinchi namunadagi uylarni sotib olish uchun boshlangʻich badal jami 15%ni tashkil etadi.

 

Tadbir chogʻida ta’kidlanganidek, boshlangʻich badalning kam miqdorda ekanligi Dasturga qishloq aholisining keng qatlamlarini jalb etish imkonini beradi.

 

2017 yilda qurilishda oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan mablagʻlar umumiy hajmida 478,9 mlrd. soʻmni uy quruvchilarning oʻz mablagʻlari tashkil qiladi, davlat byudjeti va tijorat banklari mablagʻlari hisobidan 1 trln. 642,6 mlrd. soʻm ajratiladi.

 

«Qishloq qurilish bank» OATB boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Akbar Eshonqulovning ta’kidlashicha, qishloq joylarda namunali uylar qurish dasturini roʻyobga chiqarish natijasida 2009-2016 yillarda 1 308 ta turar joy massivlarida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr boʻlgan 69 ming 557 ta uy qurilgan. Bajarilgan ishlar natijasida 83,5 mingdan ziyod oilalarning uy-joy sharoitlarini yaхshilash imkonini berdi.

 

Saida Jonizoqova, oʻz muхbirimiz

 

Mavzuga oid material:

 

Toshkent – qishloq joylar emas

 

Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi

 

Arzon uy-joylarni mahalla orqali olish mumkin