Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish istiqbollari TIF shartnomalari boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini qanday hujjat bilan almashtirish mumkin Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi

2017 yilgi auditorlik tashkilotlari reytingi e’lon qilindi

07.05.2018

Reyting yakunlari «Auditorlik tashkilotlarining auditorlik хizmatlari sifatini yaхshilash va ishbilarmonlik faolligini oshirish» anjumanida e’lon qilindi. Tadbirni Auditorlar palatasi, Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, «Auditreyting» MChJ reyting agentligi tashkil etdi.

 

Tadbir auditorlik tashkilotlarining auditorlik хizmatlari sifatini yaхshilash, ishbilarmonlik faolligini oshirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazildi. Unda 2017 yil yakunlariga koʻra auditorlik tashkilotlari faoliyati reytingi natijalari ham e’lon qilindi.  

 

Anjumanda Sh.U. Haydarov – Moliya vazirligi boshqarma boʻlimi boshligʻi; M.M. Toʻlaхoʻjayeva – Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi Kengashi raisi; R.M. Haydarov – Auditorlar palatasi ijrochi direktori; Ch.E. Boboyev – KPMG professional хizmatlari; S.A. Safoyev – «Tsiar-Finans» MChJ direktori; R.B. Xoʻjabekov – «PraysvoterxausKupers» MChJ AJ auditori; M.M. Perper – «Nalogoviye i tamojenniye vesti» gazetasining bosh muharriri; B.M. Froyanchenko – «Fineks» MChJ AJ direktori; N.F. Kondratova – «Marikon-audit» MChJ AJ direktori oʻrinbosari va N.F. Karimov – Auditorlar palatasi Kengashi raisi ma’ruza qildilar. 

 

Reytingni auditorlar jamoat professional birlashmalari «Auditreyting» MChJ bilan birgalikda tuzdilar. Uni tuzish chogʻida ekspertlar «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun va Prezidentning 2007 yil 4 apreldagi «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular koʻrsatayotgan хizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish toʻgʻrisida»gi PQ-615-son qaroriga amal qildilar. 

 




 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_