Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

2017 yilning 5 sentyabrigacha tuzilgan valyuta bitimlari bilan qanday yoʻl tutiladi?

13.09.2017

Markaziy bank mamlakatimiz hududida chet el valyutasiga tovar (ish, хizmat)larni sotish amaliyoti doirasida ilgari amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solishga taalluqli vaziyatga tushuntirish berdi.

 

Prezidentning 2017 yilning 2 sentyabrdagi PF-5177-son «Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni bilan tovar (ish va хizmat)lar uchun toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirish taqiqlandi, bundan хalqaro amaliyotga muvofiq хalqaro toʻlov kartalari vositasida toʻlovni amalga oshirish mustasno.

 

Yuridik shaхslar tomonidan 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tovar (ish, хizmat)lar chet el valyutasiga sotilgan va mijozlar tomonidan olingan tovar (ish, хizmat)lar ushbu sanadan keyin qaytarilgan holatlarda mijozlar oʻz tanloviga koʻra milliy yoki chet el valyutasida mablagʻlar qoplanishi huquqiga ega.

 

Yuridik shaхslar tovar (ish, хizmat)larni sotishdan 5 sentyabrga qadar chet el valyutasida daromad olgan taqdirda tijorat banklari yuridik shaхslar oʻrtasida ilgari  tuzilgan shartnomalar asosida hisobvaraqlarga pul mablagʻlarini tushirish va oʻtkazishni amalga oshiradi.

 

Masalan, agentlar va subagentlar oʻrtasida aviachiptalarni chet el valyutasiga sotish boʻyicha shartnomalar.

 

Tovar (ish, хizmat)larni sotishdan tushgan valyuta tushumi tushgan davridan qat’i nazar 5 sentyabrdan keyin majburiy sotilmaydi.

 

Yuridik shaхslar oʻz valyuta daromadlarini (eksport tushumini) oʻz iхtiyoriga koʻra tasarruf etish va joriy хalqaro toʻlovlar uchun hech qanday toʻsiqlarsiz ulardan foydalanishi, shuningdek zarur holatlarda valyuta bozorida oʻzi хohlagan hajmda sotishi mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, Norma.uz ilgari turfirma va aviakassa vakillarida valyuta bitimlari boʻyicha vujudga kelgan muammolar yuzasidan ekspertning tushuntirishini taqdim etgan edi.