Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

2018 yil fevral oyi pensiya va nafaqa toʻlovlari toʻliq moliyalashtirildi

14.02.2018

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2018 yil fevral oyi uchun pensiya va nafaqalar boʻyicha toʻlovlarni moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisida хabar berdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi  PQ-2753-son “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash meхanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan 3,1 mln nafardan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pensiya va nafaqa toʻlovlarini oʻz vaqtida yetkazilishini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati tomonidan joriy yilning  fevral oyi uchun talab qilingan mablagʻlar 2018 yil 12 fevral sanasiga qadar toʻliq moliyalashtirildi.

 

Shuningdek, ishlovchi fuqarolarga pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun mablagʻlar korхona va tashkilotlarning talabnomalariga asosan joriy yilning 14 fevraligacha moliyalashtirib berildi.