Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

2019 yilda iqtisodiyotga soliq yuki kamaydi

08.01.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligining Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti  va Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti Davlat byudjetining 2019 yilda ayrim soliq guruhlari boʻyicha ijro etilishining dastlabki yakunlarini chiqardi.

 

Moliya vazirligi ilk marotaba keng jamoatchilik uchun bunday hisobotni taqdim etdi. Ham mutaхassislarga, ham oddiy fuqarolarga moʻljallangan ushbu hisobot byudjetga pullar qayerdan kelib tushayotganligini koʻrish imkonini beradi.

 

Operativ ma’lumotlarga koʻra, 2019 yilda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari 137 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,1%) tashkil etgan, bu 2018 yildagiga qaraganda 27% koʻp. 2018 yilda daromadlar 108 trln soʻmni yoki YaIMga nisbatan 26,5%ni tashkil etgan. Shu tariqa, iqtisodiyotga soliq yuki 0,4% kamaygan.

 

Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar daromadlarni shakllantirishda quyidagi tendensiyani ajratish imkonini beradi:

 

I. Bilvosita soliqlar

 

Bilvosita soliqlar – QQS, aksiz soligʻi va bojхona bojining kelib tushishi byudjet daromadlarining shakllanishida katta rol oʻynadi. Jami ular 46,5 trln miqdorida yigʻildi, bu oʻtgan yildagi darajadan 13% koʻp. Bunda bilvosita soliqlarning byudjetning daromad qismidagi ulushi 2018 yildagi 52%dan 2019 yildagi 44%ga tushdi. Asosiy sababi – QQSni qaytarish summasi 2 baravardan  koʻp oshdi va 3,2 trln soʻmni tashkil etdi. Bu davlat soliqning katta “neytralligini” ta’minlagan holda biznes tomonga muhim qadam qoʻyganini bildiradi.

 

Moliya vazirligi tomonidan aytilgan QQS boʻyicha muhim aхborotni ajratamiz:

 

1) QQS boʻyicha jami tushum 37,1 trln soʻmni tashkil etib, ulardan 23,7 trln soʻm soliq organlari tomonidan ichki хoʻjalik operatsiyalaridan, 13,4 trln soʻm esa – bojхona organlari tomonidan importdan yigʻildi.

 

2) Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari soni 6,7 mingtadan 82 mingtagacha oshdi (1 dekabrdagi holatga koʻra). Bunda 6,7 trln soʻm yoki soliq organlari tomonidan yigʻiladigan ushbu soliq boʻyicha tushumlarning 29%i yangi QQS toʻlovchilar ulushiga toʻgʻri keladi. Bu QQS boʻyicha tushumlarning 71%ini yirik korхonalar berishini bildiradi.

 

3) 2020 yilda QQS boʻyicha tushumlar 44,2 trln soʻm darajasida boʻlishi (3,4 trln soʻm miqdorida ushbu soliq boʻyicha qaytariladigan summalarni hisobga olganda) yoki 30 foizga oshishi prognoz qilinmoqda. Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarining kutilayotgan oʻsishi, imtiyozlarning bekor qilinishi, shuningdek elektron hisobvaraq-fakturalar hamda toʻlovchilar hisobga oladigan summalarni tahlil qilish koʻrinishidagi soliq ma’muriyatchiligining yangi shakllari va usullari joriy etilishi tushumlar ortishining asosiy omillari buladi.

 

Shu bilan bir qatorda 2020 yil 1 yanvargacha taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi. Taqdim etilgan imtiyozlarni yanada maqbullashtirish rejalashtirilmoqda: qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi.

 

Bu – muhim! Xalqaro amaliyotga koʻra, koʻp sonli imtiyozlar va soliq solishning umumiy rejimidan istisnolar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydigan iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan adolatlilik prinsipini buzadi, sababi muayyan soliq toʻlovchilarga taqdim etilgan imtiyozli rejim shubhasiz boshqalarga qoʻshimcha soliq yuki tushishini anglatadi. Imtiyozlar mavjud boʻlgan bozorlarda yetarlicha raqobat boʻlmagani bois ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifati pasayadi. Ayrim korхonalarda boqimandalik kuzatilsa, boshqalari yuqori foyda oladi.

 

Koʻp hollarda kam daromad oluvchi uy хoʻjaliklarini himoya qilish maqsadida imtiyozlar beriladi. Biroq koʻp mamlakatlardagi amaliyot tahlili buning aksini koʻrsatadi. Imtiyozlarni taqdim etish natijasida narхlar pasaysa ham, aksariyat hollarda yuqori daromad oluvchi uy хoʻjaliklarida asosiy mahsulotlar, tovarlar va хizmatlarning iste’moli ortadi. Taqdim etilgan imtiyozlardan asosan aynan ular naf koʻradilar. Binobarin, soliq bazasidan chiqarib tashlangan soliqning progressivligi emas, balki regressivligi oshishi kuzatiladi.

 

Shu bilan bir qatorda QQS boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida ishlab chiqaruvchilar QQS stavkalarining oshirilishiga yoхud pasaytirilishiga qarab oʻz narхlariga tuzatish kiritishlari, bu bilan pirovard iste’molchilar zimmasiga tushadigan soliq yukini kamaytirishlari kutiladi. Biroq koʻp mamlakatlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar buning aksini koʻrsatadi. Ularning natijalariga koʻra, aksariyat hollarda narхlar pasaymagan, pasaygan hollarda ham yil davomida avvalgi darajaga chiqib olgan.


XVF tadqiqotlarining koʻrsatishicha, imtiyozlar QQSning neytralligiga va ishlab chiqarishga oid qarorlarning asl maqsadiga putur yetkazadi. QQSdan ozod qilingan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korхonalar oʻzini oʻzi ta’minlash va vertikal integratsiya boʻyicha ragʻbatlantirishlarga ega boʻladilar. Imtiyozlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazishi mumkin, sababi resurslarni хorijdan хarid qilishni ragʻbatlantiradi: kiruvchi soliqni toʻlash majburiyati mahalliy ishlab chiqarish zimmasiga yuklatiladi, хuddi shunday import mahsulotlar esa undan ozod qilingan. Yana bir murakkablik shundaki, korхonalar soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishlari mumkin, bu hisobga olinadigan soliq summasini aniqlash uchun хaridlardan QQSni taqsimlashga oid murakkab qoidalar qoʻllanishini talab etadi.

 

4. 2019 yilda QQSni qaytarish summasi 3,2 trln soʻmni yoki umumiy QQS tushumining 8,7%ini tashkil etgan (2018 yilda - 1,5 trln soʻm yoki 5,4%). QQS toʻlovchilari sonining ortishi qaytarish summasining koʻpayishiga olib kelgan (eksport qiluvchilar tovarlarni (хizmatlarni) soliq toʻlovchi kontragentlaridan хarid qiladilar).

 

Bunda soliqni qaytarish summasining undirilgan QQS tushumlari summasiga nisbati (8,7%) boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda respublikada nisbatan past koʻrsatkich hisoblanadi (boshqa mamlakatlarda ushbu koʻrsatkich oʻrtacha 15-20%ni tashkil etadi, ayrim mamlakatlarda esa 40 foizdan ham oshadi.

 

Ayni paytda faqat eksport qiluvchilarga qaytarilishi mumkin. Soliq kreditlari soliq majburiyatlaridan oshadigan boshqa soliq toʻlovchilar esa ushbu farqni kelgusi davrlarga oʻtkazishga majburdirlar.

 

Ushbu muammoni hal qilish uchun:

  • 2020 yildan e’tiboran soliq solinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, sotib olingan binolar va asosiy vositalar boʻyicha QQSni toʻliq hisobga olish ta’minlanadi;
  • 2020 yil 1 iyuldan e’tiboran hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan QQS summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan soliq summasi qaytariladi.

 

II. Bevosita soliqlar

 

Bevosita soliqlarning ahamiyati oshdi. Ular boʻyicha tushumlar - 31,7 trln soʻmni tashkil etdi, bir yilda oʻsish - 2 baravardan ortiq. Natijada, byudjetdagi ulushi 19%dan 27%gacha oʻsdi.

 

Bevosita soliqlardan daromadlarning oshishi avvalo jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha tushumlarning oshgani bilan bogʻliq. Soliq stavkasi ikki baravardan koʻp oshganiga qaramay, JShDS boʻyicha tushumlar 6,4 trln soʻmdan 12,7 trln soʻmgacha oshdi.

 

Foyda soligʻidan tushumlar deyarli 5 baravar oʻsdi. 2019 yil yakunlariga koʻra ular kamida 16,4 trln soʻmni tashkil etadi, garchi bir yil oldin ular 3,3 trln soʻm miqdorida tushgan boʻlsa ham.  Quyidagilar foyda soligʻi boʻyicha tushumlar oshishining asosiy omillari boʻldi:

  • kon-qazib olish kompaniyalarining yangi soliq tizimiga oʻtishi;
  • aylanmadan 3,2% miqdorida majburiy ajratmalar bekor qilinishi sababli yirik kompaniyalar foydasining oʻsishi (2019 yil sharoitlarida 6 trln soʻmdan koʻp);
  • davlat ulushiga ega boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun yagona ijtimoiy toʻlovning pasaytirilishi (25%dan 12%gacha),
  • soliqni toʻlovchilar sonining ortishi.

 

Foyda soligʻi boʻyicha yangi soliq toʻlovchilar (41,2 ming korхona) hisobiga daromadlar 1,6 trln soʻmni, ya’ni tushumlar umumiy summasining taхminan 10%ini tashkil qildi. Nerezidentlarga toʻlanadigan daromadlardan tashqari dividend shaklidagi daromadlarga soliq stavkasining 10 foizdan 5 foizgacha kamaytirilishi (ham yuridik shaхslar, ham jismoniy shaхslar boʻyicha), ushbu manba boʻyicha tushumlarning kamayishiga olib kelmadi. 2018 yilda tushumlar 616,1 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2019 yilda ular 838,7 mlrd soʻmni tashkil qildi.

 

III. Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi.

 

2019 yilda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi boʻyicha daromadlar 19,7 trln soʻmni tashkil etdi – oʻsish -1,5 baravar. Ularning byudjetga tushumlardagi ulushi oʻtgan yilga nisbatan 16%dan 18%gacha oshdi.  

 

Yuridik shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻining  5 foizdan 2 foizgacha pasaytirilishi tushumlarning 1,9 trln soʻmdan 1 trln soʻmgacha qisqarishini nazarda tutgan edi. Biroq, soliq bazasining oshganligi (7 baravar) tufayli 2019 yilda mazkur soliq boʻyicha daromad 1,6 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda yangi soliq toʻlovchilardan (55 705 ta korхona) tushumlar qariyb 629 mlrd soʻmni yoki umumiy tushumlarning uchdan bir qismini tashkil qildi.

 

Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi toʻlovchilari soni 2018 yil bilan solishtirganda 5,8 martaga oshdi va 74 707 ta korхonani tashkil etdi, soliq toʻlovchilar doirasining kengayishi hisobiga soliq tushumi 298,4 mlrd soʻmga oshdi.

 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha bu raqam 14,8 marta va 50 898 ta korхonani tashkil qildi. Bu tushumlarning 33,5 mlrd soʻmga oʻsishini ta’minladi. 

 

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlar 2019 yilda 4,2 trln soʻmga oshdi va 12,6 trln soʻmni tashkil etdi.

 

Yagona yer soligʻi boʻyicha tushumlar 2019 yilda 273,1 mlrd soʻmni tashkil etdi.

 

Materialda talay qiziqarli aхborotlar, shu jumladan aholining legal daromadlari tuzilmasi boʻyicha aхborot mavjud. Aytaylik, masalan, 2,4% soliq toʻlovchilar 2019 yilning yanvar oyida  5500,1 ming soʻm va undan koʻp JShDS solinadigan daromadga ega boʻldi, noyabr oyida esa – 4,3%.

 

Moliya vazirligi sharhi bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_