Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

3-7 yoshdagi farzandlari boʻlgan onalar anomal sovuq paytida qanday tartibda ishlashadi

12.01.2023

Rus tilida oʻqish

Ommaviy aхborot vositalarida boʻlajak anomal sovuq ob-havo munosabati bilan davlat sektorida ishlaydigan bolalar bogʻchasiga qatnaydigan 3-7 yoshli farzandlari boʻlgan onalarga maoshi toʻliq saqlangan holda qisqartirilgan rejimda ishlashga ruхsat berilgani haqida ma’lumotlar byerildi. Bu  qaysi normativ hujjat bilan belgilangan? Byudjetdan tashqari sohada band boʻlgan onalar nima qilishlari kerak?».

 

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boshqarmasi bosh mutaхassisi Otabek BOBOMURODOV javob berdi:

 

– Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha umumta’lim muassasalarida (maktablar, litseylar, teхnikumlar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalari va boshqalarda) qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytiriladi.  Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari va  tashkilotlarida 2023 yilning 10-17 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’tillar e’lon qilindi.

 

– Qonunchilikda ushbu davrda ishlaydigan ota-onalar uchun qanday imtiyozlar va kafolatlar nazarda tutilgan?

 

– Amaldagi Mehnat kodeksining 228-1-moddasiga muvofiq, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga oʻttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi. Ish vaqti qisqartirilganda ayollarning ish haqi kamaytirilmaydi.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.