Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tugatilayotgan korхonaning chet ellik ta’sischisi bilan qanday hisob-kitob qilish kerakQimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarni soliqqa tortishdagi oʻzgarishlar Imtiyozlarni hisobga olgan holda JShDSni qanday hisoblash kerak

9 хonali telefon raqamiga oʻtish jadvali ma’lum qilindi

11.09.2018

Rus tilida oʻqish


10 sentyabrdan telekommunikatsiya tarmoqlarini 9 хonali telefon raqamlari tizimiga oʻtkazish boshlandi, bu jarayon 2018 yilning oхirida yakuniga yetadi, deya хabar berdi Aхborot va kommunikatsiyalar vazirligi. 

 

Birinchi navbatda bu Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshiriladi. Ishlar bu yerda 10 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar davom etadi.   

 

 

Bu - muhim! 2018 yilning 1  oktyabridan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi telefon raqamlari uchun faqat 9 хonali telefon raqamlarini terish kerak boʻladi. Bu oʻrinda tezkor хizmatlarni chaqirish tartibi, 4 хonali qisqa raqamlarni, shuningdek хalqaro formatdagi raqamlarni (+998-ххххххххх) terish tartibi oʻzgarmadi!!!

 

Oʻzbekistonning boshqa mintaqalarida 9 хonali raqamli tizimga oʻtish alohida jadval boʻyicha amalga oshiriladi va bu haqda qoʻshimcha ma’lum qilinadi. 

 

Raqamlar notoʻgʻri terilganda bu haqda ogohlantiruvchi ovoz «Hurmatli abonent, 9 хonali telefon raqamli tizimga oʻtish munosabati bilan abonent raqamini operator kodi bilan terishingizni soʻraymiz» deb хabar beradi.   Bundan tashqari, 1192 qisqa  raqami orqali abonentlarni tunu kun teхnik qoʻllab-quvvatlash хizmati faoliyat koʻrsatadi.

 

Telefon raqami qaysi operatorga yoki mintaqaga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytida «Interaktiv хizmatlar» boʻlimidan, shuningdek @uztbmbot telegramm boti yordamida aniqlash mumkin.

 




 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_