“Adliya a’lochisi” koʻkrak nishoni ta’sis etildi, deya хabar beriladi Adliya vazirligi saytida.
U bilan qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida yuqori natijalariga erishgan, koʻp yillik ish tajribasi va yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan Adliya vazirligi tizimi хodimlari taqdirlanadi.
Koʻkrak nishoni 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami arafasida tantanali tarzda topshiriladi.