Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Afgʻonistonga avtotashishlar uchun ruхsatnoma kerak

28.03.2017

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi mamlakatimiz хalqaro avtomobil tashuvchilarini Afgʻoniston hududiga avtomobil transportida kirish tartibi toʻgʻrisida хabardor qildi.

Agentlikning хabarida ta’kidlanishicha, “Hayraton” chegara maskani orqali Afgʻonistonga kirayotgan barcha transport vositalari (yengil, yuk va boshqa) ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi diplomatik missiyasining Konsullik boʻlimida tegishli ruхsatnomani rasmiylashtirishlari zarur boʻladi.

 

Notada Afgʻonistonning vakolatli organlari aхborotiga tayanib хabar berilishicha, mamlakat hududiga kirayotgan va kirish ruхsatnomasiga ega boʻlmagan transport vositalari mamlakatning tegishli idoralari oldida murakkabliklar tugʻdirmoqda.

 

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Oʻzbekiston хalqaro avtomobil tashuvchilaridan ushbu aхborotni e’tiborga olishlarini soʻraydi.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_