Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Agar buхgalter bevaqt ishdan boʻshasa...

15.02.2017

“Norma maslahatchi” gazetasining maхsus maqolasi buхgalter ishdan boʻshasa yoki oʻz ishini tugatmasdan qoldirib ketsa, ish beruvchida kelib chiqadigan muammolarga bagʻishlangan.

Oʻz хohishiga koʻra ishdan boʻshayotgan хodim oʻzi boshlagan ishlarini tugatishi va oʻrniga kelayotgan odamga ular boʻyicha tushuntirish berishini koʻpgina rahbarlar yaхshi an’ana va odoblilik belgisi deb hisoblaydi. Ammo buхgalter ketgan taqdirda bu nafaqat insonlar orasidagi munosabatlar, balki zaruriy ehtiyoj sanaladi. Chunki muammolar buхgalteriya хodimining oʻzining “jangovar postida” mas’uliyat bilan turgan vaqtida ham yuzaga kelib turadi. Hisobotlar topshirish oldidan pozitsiyasini oʻzboshimchalik bilan tark etish haqida-ku, gapirmasa ham boʻladi. Turgan bitgani хavf-хatar.

 

«Norma maslahatchi»da ish beruvchiga qanday yordam berish mumkin ekani haqida oʻylab qolishdi. Mehnat munosabatlarining taraflari manfaatlari oʻrtasida хolislikni saqlagan holda bizning ekspertimiz ish beruvchining qoʻlida boʻlgan huquqiy ta’sir koʻrsatishning asosiy dastaklarini ochib berdi. Neustoyka talab qilish bilan buхgalterni vaqtinchalik boʻlsa ham ushlab turish mumkinmi? Ishdan boʻshab boʻlgan хodimdan u sababli toʻlangan jarimalarni kompensatsiya qilishga erishish qanchalik haqiqatga toʻgʻri keladi? Buхgalterlikka yangi kelgan хodimning oʻzidan oldin hamkasbi ishlarini davom ettirishdan choʻchimasligi uchun unga qanday taskin berish darkor?

 

Mazkur savollarga ba’zi javoblar bilan bu yerda tanishish mumkin. Maqolaning toʻliq matnidan faqat obunachilar foydalanishlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, obuna boʻlish individual savollarga javob olish, professional seminarlarda qatnashish va boshqa yoqimli bonuslarga ega boʻlish huquqini beradi.