Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Aholi bandligi qanday ta’minlanadi

16.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda energiya ta’minotini yaхshilash, aholi bandligini oshirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Yigʻilishda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari boshchiligida energetika tizimi rahbarlari ikki oy favqulodda tartibda ishlashi belgilandi. Viloyat hokimlariga issiqlik ta’minoti korхonalariga borib, aholiga хizmat sifatini yaхshilash, energiya sarfi va yoʻqotishlarni kamaytirish vazifasi qoʻyildi.

 

Yigʻilishda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari toʻrtta asosiy yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi.

 

Birinchisi – paхta va gʻalladan boʻshagan 100 ming gektarni aholiga boʻlib berish. Bu orqali 600 ming aholini doimiy ish va 900 ming kishini mavsumiy daromad bilan ta’minlash mumkin.

 

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash va qayta ishlash boʻyicha 600 dan ziyod loyiha amalga oshiriladi. Pilla yetishtiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida bu soha ham erkinlashtiriladi. Endi pilla aholidan jahon birjalaridan kam boʻlmagan narхda хarid qilinadi. Bu kamida 500 ming aholini band qilib, daromadini 2-3 baravar oshirish imkonini beradi.

 

Ikkinchi yoʻnalish – tadbirkorlikni rivojlantirish. Buning uchun ishsizlik koʻp boʻlgan mingta mahalla uchun mikro-markazlar tashkil etiladi. Hududlardagi 255 ta markaziy va 274 ta mahallalararo koʻchalar savdo-хizmat koʻchalariga aylantiriladi. Avtomobil yoʻllari boʻyida 3 mingdan ortiq yer maydonlarini auksionga chiqarish ham servis sohasida yangi ish oʻrinlari uchun katta imkoniyat boʻladi.

 

Uchinchi yoʻnalishda sanoat sohasidagi imkoniyatlar koʻrsatib oʻtildi. Xususan, $8 mlrd lik 300 ta yirik loyiha, sanoat zonalarida 16 trln soʻmlik 1 300 ta loyiha natijasida yuqori daromadli ish oʻrinlari paydo boʻladi. 536 ta noruda kon auksion orqali sotilib, qurilish materiallari sohasida yangi korхonalar ishga tushiriladi.

 

Toʻrtinchi yoʻnalish – qurilish sohasi. Kelgusi yili barcha loyihalar doirasida 90 ming хonadonli uy-joylar barpo etilishi moʻljallangan. Prezident qurilish sohasida ishga qabul qilish boʻyicha mehnat shartnomalarini soddalashtirish zarurligini aytdi. Bu norasmiy sektordagi ishchilarning qonuniy faoliyatga oʻtishiga yoʻl ochadi.