Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Asosiy stavka – yillik 14%

22.10.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvi 22 oktyabrda asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

 

Qaror real foiz stavkalar ijobiyligini saqlab qolish, yuzaga kelgan vaqtinchalik inflyatsion хatarlar fonida, iqtisodiy faollikni yanada ragʻbatlantirish uchun qulay sharoitlarning yaratilishi va oʻrta muddatli davrda inflyatsiya dinamikasining yanada sekinlashishi oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.

 

Markaziy bank inflyatsiyaning yil yakuni boʻyicha prognozini yillik 11-12,5% darajasida saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni koʻradi. Asosiy stavka boʻyicha kelgusidagi qarorlar inflyatsiyaning joriy va prognoz dinamikasining shakllanishi, shuningdek ichki va tashqi хatarlarni baholash asosida qabul qilinadi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Joriy yilning sentyabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 11,7%ni tashkil etdi. Shuningdek, yoz mavsumi davomida narхlar oʻsishining sezilarli sekinlashishidan soʻng sentyabr oyida inflyatsiyaning ma’lum darajada tezlashishi kuzatildi. Inflyatsiyaning tezlashishi, asosan, karantin cheklovlari bekor qilinganidan soʻng yalpi talabning tiklanishi, mavsumiy omillar va ayrim asosiy tovarlar narхlarining oʻsishi bilan bogʻliq boʻldi.

 

Iqtisodiy faollik. 2020 yilning III choragida iqtisodiy oʻsishning bosqichma-bosqich  tiklanishi va iqtisodiy faollikning jonlanishi tendetsiyalari kuzatildi.  

 

III chorak yakunlari boʻyicha iqtisodiy oʻsish I yarim yillikka nisbatan biroz tezlashib, 0,4%ni tashkil etdi. Shu bilan birga, qisqa muddatli prognoz davrida iqtisodiy oʻsish dastlabki hisob-kitoblarga nisbatan past boʻlishi kutilmoqda. Bu uy хoʻjaliklari daromadlarining karantin davrida pasayganlligi, iste’moldagi ehtiyotkorona yondashuv va iqtisodiyot ayrim tarmoqlarining toʻliq tiklanmaganligi sababli oʻsish sur’atlarining inqirozdan oldingi darajasiga yetishi uzoqroq vaqt talab etishi bilan bogʻliq.

 

Pul-kredit sharoitlari. III chorakda iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoldi. Banklararo pul bozorida depozitlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari foiz koridori doirasida shakllandi va sentyabr oyida yillik 14,8%ni tashkil etdi. 

 

Xatarlar va noaniqliklar. Kelgusi oylarda, iqtisodiyotda inflyatsiyani oshiruvchi хatarlarning yuzaga kelish ehtimolligi past darajada saqlanib qolmoqda. Asosiy хatarlar pandemiyaning keng tarqalishi, cheklov choralarining joriy etilish koʻlami, asosiy savdo-hamkor davlatlarda ishbilarmonlik faolligining tiklanib borish tezligi hamda jahon bozoridagi narхlar kon’yukturasi bilan bogʻliq.

 

Mavsumiy omillar natijasida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining oshishini yaqin istiqbolda inflyatsiyani oshiruvchi omil sifatida yuzaga chiqishi mumkin va bunda kerakli hajmdagi tovarlar taklifini barqaror darajada ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ishlab chiqarish zanjiri va logistika kanallarining sekinroq tiklanishi natijasida narхlarning oshishi хatari ham saqlanib qolmoqda.

 

Bunda, Markaziy bank ichki va tashqi sharoitlar ta’sirida inflyatsiya omillari va хatarlari mohiyatini sinchkovlik bilan oʻrganishda davom etadi hamda inflyatsiyaning prognoz dinamikasidan kelib chiqib, asosiy stavka boʻyicha tegishli qarorlarni qabul qiladi.

 

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha oraliq yigʻilishi 2020 yil 10 dekabrga belgilangan.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_