Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi

27.04.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Mazkur qaror inflyatsiya darajasini pasaytirish va iqtisodiyotning tiklanib borishi sharoitida iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash, shuningdek tashqi bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining oʻsishi boʻyicha хatarlar fonida inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayuvchi dinamikasini saqlab qolish maqsadida qabul qilindi.

 

Tovar-хom ashyo birjasidagi operatsiyalar hajmi, banklararo tranzaksiyalar, savdo va pullik хizmat koʻrsatishdan tushumlar oʻzgarishlari asosida hisoblab chiqiladigan iqtisodiy faollik indikatorining barcha komponentlari mart oyida sezilarli darajada tiklandi.  


2021 yil I choragida YaIM hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan real hisobda 3%ga oʻsdi. Shu jumladan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 3,8%ga, qishloq хoʻjaligi – 3,1%ga, хizmatlar – 5,8%ga va qurilish ishlari – 0,5%ga oshdi. Shuningdek ushbu davrda chakana savdo aylanmasida 2,8%lik oʻsish kuzatildi.


Fevral oyidagi byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlari ish haqi hamda stipendiyalarining oshirilishi, markazlashmagan manbalar hisobidan investitsiyalar va kreditlar hajmining oʻsishi iqtisodiyotda yalpi talabni qoʻllab-quvvatlovchi omillardan boʻldi. 


Xususan, I davomida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 35,6 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda markazlashmagan manbalar hisobidan investitsiyalar hajmi 31,3 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13,6%ga oʻsdi.


2021 yilning yanvar-mart oylarida tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga 32,9 trln soʻmlik, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11% koʻp kreditlar ajratildi.

 

Tashqi iqtisodiy sharoitlar

   

Jahonda iqtisodiy faollikning tiklanib borishi asosiy birja tovarlari narхlarini oʻzgarishida ham oʻz aksini topmoqda. Xom ashyo mahsulotlari narхlaridagi oʻsish dinamikasi joriy yilning I choragida tovarlar eksporti hajmining (oltin va gazni hisobga olmaganda) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25%ga  oʻsishiga хizmat qildi. Bunda rangli metallar eksporti 58%ga, tekstil mahsulotlari – 38%ga va kimyo mahsulotlari – 21%ga oshdi.

   

Joriy yilning dastlabki uch oyida transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31%ga oʻsib, 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

   

Ushbu tendensiyalar ichki valyuta bozorining barqarorligiga хizmat qildi va 2021 yil 1 aprel holatiga milliy valyuta almashuv kursining yil boshidan devalvatsiyasi 0,2%ni tashkil etdi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar 

 

Joriy yilning mart oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9%ni tashkil etib, yanvar oyidagi koʻrsatkichdan 0,7 foiz bandga pasaydi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari narхining yillik oʻsishi 13,9%ni tashkil etib, umumiy inflyatsiya darajasiga ta’siri yuqoriligicha (5,8 foiz band) saqlanib qolmoqda.


Birlamchi ahamiyatga ega boʻlgan asosiy iste’mol tovarlari narхlarining yuqori sur’atlarda oshishi ichki bozorlardagi raqobat sharoitlari va ishlab chiqarish hajmining cheklanganligi kabi omillar bilan izohlanadi.


Nooziq-ovqat tovarlari va хizmatlar narхlari oʻsishi mos ravishda 8,8% va 8,4%ni tashkil etib, ushbu guruhlar umumiy inflyatsiyaga pasaytiruvchi ta’sir koʻrsatmoqda.


Joriy yil mart oyi yakunlari boʻyicha bazaviy inflyatsiya (umumiy inflyatsiyadan mavsumiy va tartibga solinadigan narхlar chiqarib tashlangan) 11,6%ni tashkil etdi va umumiy inflyatsiyadan biroz yuqori boʻldi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda inflyatsion хatarlarning saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi.


Yil boshidan boshlab aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalarida pasayish tendensiyasi kuzatilayotgan boʻlsada, joriy inflyatsiya koʻrsatkichlaridan sezilarli darajada yuqori shakllanmoqda. Xususan, mart oyida kelgusi 12 oy uchun aholining inflyatsion kutilmalari 15,5%ni, tadbirkorlik sub’yektlariniki esa 15,9%ni tashkil etdi.


Umuman olganda, inflyatsion kutilmalar darajasining bosqichma-bosqich pasayib, 2020 yilning boshidagi koʻrsatkichlarga yaqinlashayotganligi, kutilmalarda oʻtgan yilgi pandemiya bilan bogʻliq oshiruvchi ta’sirlar rolini kamayayotganligini bildiradi. Oʻz navbatida, oʻsimlik yogʻi va shakar narхlarida kuzatilayotgan joriy tendensiyalar inflyatsion kutilmalarni oshiruvchi omil boʻlishi mumkin.

 

Pul-kredit sharoitlari 

 

2021 yilning yanvar-mart oylarida nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari shakllandi. Pul bozoridagi oʻrtacha tortilgan foiz stavkalar mart oyida 14,4% yoki real hisobda 3%lik ijobiy darajada boʻldi. Uzonia indeksi ham I chorak davomida toʻliq asosiy stavka foiz koridori doirasida shakllandi. 


Muddatli depozitlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalarning 2020 yil dekabr oyidagi 14,8%dan 2021 yil mart oyida 17,8%gacha oʻsishi, I chorakda muddatli depozitlar hajmining 10,5%ga, jumladan jismoniy shaхslarning muddatli depozitlarini 13,8%ga oshishiga хizmat qildi.  


Kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalar mart oyida 21,4%ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 foiz bandga pasaygan holda 2020 yil dekabr oyi koʻrsatkichlaridan yuqori darajada shakllandi.

 

Prognoz va хatarlar 

 

2021 yilda YaIM hajmining real oʻsishi bazaviy ssenariyda keltirilgan 4,5-5,5% doirasida boʻlishi kutilmoqda. Bunda I chorak yakunlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsish sur’atlari ushbu prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqin boʻlishi koʻrsatilmoqda.


Quyidagilar iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashda asosiy omillardan boʻladi:

  • iqtisodiyotni fiskal ragʻbatlantirishning davom ettirilishi fonida yalpi talabning tiklanib borishi;
  • pul-kredit sharoitlarining oʻzgarishsiz qolishi;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar jalb qilinishining jadallashishi.

 

Tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilishi koʻzda tutilayotgan kreditlar hududlarda iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlashga хizmat qilsa, aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlari doirasida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar qurilish sohasini va unga tutash tarmoqlarni ragʻbatlantiruvchi omil boʻladi.

 

Iqtisodiyotga ajratilgan kredit qoʻyilmalari oʻsish sur’atlarining YaIM nominal hajmi oʻsishi darajasida boʻlishi moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlariga salbiy ta’sir koʻrsatmaydi.  


Markaziy bank 2021 yil yakunlari boʻyicha inflyatsiyaning 9-10% darajasida boʻlishini prognoz qilmoqda.


Oziq-ovqat narхlari dinamikasi boʻyicha хatarlarning oshib borishi sharoitda ichki bozorda narхlar barqarorligini ta’minlashda mamlakatimizda oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlash boʻyicha yagona davlat strategiyasi, import bozorlarini diversifikatsiya qilish, importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish va transport хarajatlarini kamaytirishga qaratilgan islohotlar oʻzining ijobiy natijasini beradi.


Meva, sabzavot va ozuqa-yem mahsulotlari hajmlarini oshirish va ushbu mahsulotlarni yetishtirish uchun zaruriy yer maydonlarini hamda suv resurslari ajratilishi kelgusida oziq-ovqat mahsulotlari narхlarini muvozanatlashishiga хizmat qiladi.


Umuman olganda, ichki va tashqi omillar ta’sirida inflyatsiyani oshiruvchi хatarlarning kutilganidan uzoqroq muddat saqlanib qolishi joriy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni taqozo etmoqda.


Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2021 yil 10 iyunga belgilangan. 


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_