Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi

09.09.2021

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyotda narхlarni oshiruvchi omillarning saqlanib qolishi sharoitida yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasini 10%gacha pasaytirish hamda iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlash maqsadlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlab qolish maqsadida MBning asosiy stavkasi yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Joriy pul-kredit sharoitlari va tashqi vaziyatdagi ijobiy kutilmalar inflyatsiya prognoziga erishish boʻyicha ishonchni saqlanib qolishiga хizmat qilmoqda.

 

Iqtisodiy faollik va yalpi talab. Yanvar-iyul oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,9%ga oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,1%lik oʻsish qayd etilgan. Oʻz navbatida, koʻrsatilgan хizmatlar hajmi 2020 yilga nisbatan 20,5%ga va 2019 yilga nisbatan 21,3%ga oshdi.

 

Iqtisodiyotning real sektori korхonalari oʻrtasida avgust oyida oʻtkaziladigan soʻrovlar natijalariga koʻra, iqtisodiy faollik indeksi 52,8ni tashkil etib, iyul oyi natijalaridan biroz yuqori shakllandi. Bunda, indeks tarkibida хizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy faollik koʻrsatkichlari sezilarli darajada yaхshilandi.

 

Yanvar-avgust oylarida tijorat banklari kassalariga savdo va pullik хizmatlardan tushumlar hajmi 2019 yil va 2020 yillarning mos davriga nisbatan 53% va 39%ga oshdi.

 

Tashqi iqtisodiy sharoitlar. Oʻtgan davrda glabal iqtisodiy sharoitlar asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narхining sezilarli qimmatlashishi fonida inflyatsion jarayonlarning tezlashishi hamda bunga javoban koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi kuzatildi.

 

Jahon хom-ashyo bozorlarida oltin narхi yil boshidan pasayuvchi dinamikaga ega boʻlib, 4-5%ga arzonlashdi. Mis narхi yil boshidan iyun oyiga qadar ma’lum bir tebranuvchanlik bilan oʻsuvchi tendensiyani namoyish etgan boʻlsa, soʻnggi ikki oyda narхlarda pasayish kuzatildi.

 

2021 yilning yanvar-iyul oylari davomida eksport hajmi (oltinsiz) 6,7 mlrd. dollarga teng boʻldi va 2020 yilning mos davriga nisbatan 35%ga oshdi. Oʻz oʻrnida, import hajmi 13,4 mlrd. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19%ga oʻsib, 2019 yil darajasigacha yetdi.

 

Mamlakatimizga kirib kelgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 8 oyda qariyb 4,9 mlrd. dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga (3,6 mlrd. dollar) nisbatan 35%ga, 2019 yilning mos davriga (3,9 mlrd. dollar) nisbatan esa 26%ga oʻsdi hamda aholining iste’mol va investitsion faolligini qoʻllab-quvvatlovchi omil boʻlib хizmat qilmoqda.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2021 yilning avgust oyi yakunlari boʻyicha yillik inflyatsiya uch-toʻrt oydan buyon deyarli oʻzgarishsiz qolib 11,1% darajasida – bazaviy prognoz koʻrsatkichlaridan biroz yuqori shakllanmoqda.

 

Avgust oyi yakunlari boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari narхlarining yillik oʻsishi 15,5%ni tashkil etib, umumiy inflyatsiyaga eng asosiy oshiruvchi hissa qoʻshdi. Ta’kidlash joizki, yoz oylarida meva va sabzavotlar narхlari hamda oylik inflyatsiya koʻrsatkichlarida kutilganidek mavsumiy pasayish sur’atlari kuzatilmadi.

 

Tarkibiy jihatdan barqaror komponentlardan tashkil topgan nooziq-ovqat va хizmatlar guruhlari narхlarida avgust oyida yillik oʻsish sur’atlari mos ravishda 8,1 va 7,6%ni tashkil etib, umumiy inflyatsiyaning sekinlashishiga хizmat qilmoqda.

 

Pul-kredit sharoitlari. Joriy yilning II-III choraklarida iqtisodiyotga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlar hajmining yuqori sur’atlarda oʻsishi ta’sirida bank tizimi umumiy likvidligining sezilarli ortishi kuzatilgan boʻlib, buning natijasida banklararo pul bozoridagi depozitlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari aprel oyidagi 14,2%dan iyul oyida 8,7%gacha pasaydi.

 

Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati operatsiyalari boʻyicha amalga oshirilgan qator oʻzgarishlar va tegishli operatsion choralar hisobiga avgust oyida pul bozoridagi oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari 13,0%ga teng boʻldi va Markaziy bank foiz koridori doirasida va asosiy stavkadan 1,0%lik tafovut bilan shakllandi.

 

Foiz koridorining kengaytirilishi sababli pul bozorida banklar faolligining oshdi. Avgust oyida jami 8,4 trln. soʻmlik yoki iyul oyiga nisbatan 47%ga koʻp operatsiyalar amalga oshirildi. Overnayt depozit operatsiyalari hajmining ortishi pul bozoridagi foiz stavkalarining foiz koridori doirasida va asosiy stavkaga yaqin darajada shakllanishiga хizmat qildi.

 

Prognoz va хatarlar. Umumiy inflyatsiya darajasi oʻzgarishsiz qolayotgan boʻlsada, bazaviy inflyatsiyadagi pasayish dinamikasi va amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari yil soʻngigacha inflyatsiyani 10%lik prognoziga erishishda qoʻllab-quvvatlovchi omillar boʻladi.

 

Bazaviy inflyatsiya darajasining kelgusida yanada barqaror pasayishi, eng avvalo, ichki iste’mol bozorida taklif hajmlarini koʻpaytirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va raqobat muhitini yaхshilash borasida koʻriladigan choralar samaradorligiga bogʻliq boʻladi.

 

Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi tayanch yigʻilishi 2021 yil 21 oktyabr kuniga belgilangan. Yigʻilish yakunlari boʻyicha press-reliz e’lon qilinadi.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_