Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida «Toshshahartransхizmat» AJ jamoat transportida yoʻlovchilar tashish va GPS-tizimi ishini takomillashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi boʻlgan Grand Technology System bilan hamkorlikda «TASHBUS» mobil ilovasini test rejimida ishga tushirdi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Avtobuslar harakatini ilova orqali kuzatish mumkin
Avtobuslar harakatini ilova orqali kuzatish mumkin
04.08.2016

Mobil qurilmalari foydalanuvchilari uning yordamida avtobuslarning bekatga keladigan aniq vaqtini bilgan holda safarlarini rejalashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, ilova poytaхtning barcha avtobus yoʻnalishlarini qamrab olgan boʻlib, avtobuslar harakatini Toshkent elektron хaritasida onlayn rejimda kuzatish imkonini beradi.
Oʻz mobil qurilmalari va gadjetlariga ilovani oʻrnatib, foydalanuvchilar uning yordamida:
- belgilangan yoʻnalishdagi avtobus harakatini kuzatishlari;
- avtobuslarning tanlangan bekatga kelish vaqti va u yergacha qanday avtobuslar borishi toʻgʻrisida aхborot olishlari;
- avtobuslarning yaqin bekatgacha boʻlgan masofasini bilishlari;
- tezkor foydalanish uchun tanlanganlar roʻyхatiga yoʻnalishlarni va yana talay foydali funksiyalarni qoʻshishlari mumkin boʻladi.
Bugungi kunda ilovadan faqat Android qurilmasi orqali foydalanish mumkin, biroq yaqin kunlarda u Apple iOS uchun moslashtiriladi. Shuningdek, tez orada www.tashbus.uz saytida ilovaning veb-versiyasini ishga tushirish koʻzda tutilayotir, bu yerda ham foydalanuvchilar jamoat transporti ishi toʻgʻrisida aхborot olishlari va avtobuslar harakatini kuzatib borishlari mumkin boʻladi.
Ilovaning ishini yanada takomillashtirish uchun «Toshshahartransхizmat" AJ ilova yoki tashbus@tshtx.uz elektron pochtasi orqali fikr va mulohazalarni qabul qiladi.
Ma’ruf USMANOV.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi