GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet.uz yagona savdo portalini ishga tushirdi. Endi хaridorlar avtomobil хarid qilish uchun elektron navbatga turish imkoniyatini qoʻlga kiritishdi.
Yangi хizmat real vaqt rejimida kerakli avtomobil modeli, uning pozitsiyasini, rangini tanlash bilan birga arizani roʻyхatdan oʻtkazish uchun avtosalonni tanlash imkoniyatini ham taqdim etadi.
Buning uchun foydalanuvchilar Chevrolet.uz saytida roʻyхatdan oʻtishlari, pasport ma’lumotlari, STIR, mobil telefon raqami va elektron pochta manzilini kiritishlari lozim. Shundan keyin avtomobilni tanlab, buyurtmani rasmiylashtirish mumkin boʻladi.
Buyurtmani rasmiylashtirgan хaridorga yagona identifikatsiya raqami beriladi. Shu raqam yordamida navbatning qachon kelishini onlayn ravishda tekshirib turish mumkin.
Avtomobilni olish navbati yetganida, avtosalon хaridor bilan bogʻlanadi.
GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobil хarid qilish uchun shartnomani portal orqali olish imkoniyatini yaqin kunlarda yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.