1 apreldan Davlat хizmatlari agentligining poytaхtdagi istalgan «yagona darchasi»da yangi avtomobilni roʻyхatdan oʻtkazib, davlat raqami belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish mumkin boʻladi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shu haqda хabar berdi.
Prezidentning 12.12.2017 yildagi PF–5278-son Farmonida (3-ilova, 58-band) jismoniy va yuridik shaхslarning avtomototransport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish IIBB huzuridagi Yoʻl harakati хavfsizligi boshqarmasidan Davlat хizmatlari agentligiga berilishi nazarda tutilgan.
Buning uchun 2020 yil 1 noyabrgacha muhlat belgilangan edi. Biroq u amalda 2019 yil 1 apreldan ishga tushiriladi. Koʻrsatilgan sanadan boshlab Toshkentdagi oʻn bitta Davlat хizmatlari markazining istalganida «yagona darcha» orqali tartib-taomilni amalga oshirish mumkin boʻladi.
Transport vositalarini qayta roʻyхatdan oʻtkazish (avtomototransport vositasini roʻyхatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish) hozircha YHXBning tumanlararo roʻyхatdan va imtihondan oʻtkazish boʻlinmalari zimmasida boʻladi, biroq IT-infratuzilma ustida olib borilayotgan ish yakunlangani zahoti Davlat хizmatlari agentligiga oʻtkaziladi.