Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Banklarga istakni inobatga olish, mijozlarga esa suiiste’mol qilmaslik tavsiya qilindi

26.03.2020

Rus tilida oʻqish

Pandemiya tufayli qarz oluvchilarning  kreditlari boʻyicha toʻlovlar bilan bogʻliq хatarlarni yengillashtirish uchun Markaziy bank kredit tashkilotlariga tavsiyalarni e’lon qildi.

 

Ular quyidagilardan iborat:

  • joriy qilingan karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan qarzdor – jismoniy shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlariga asosan, 2020 yil 1 oktyabrga qadar kredit toʻlovlarini qaytarishda imtiyozli davr berish va mos ravishda yakuniy toʻlovlar muddatlarini uzaytirish;
  • muddati oʻtgan qarzdorliklarni kechiktirilishida jarima sanksiyalarini qoʻllamaslik hamda undiruvni kredit ta’minotiga qaratmaslik.

 

Kredit tashkilotlariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan shartlari qayta koʻrib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini oʻzgartirmaslik huquqi berildi. Shuningdek, ularga qisqa muddat ichida kredit toʻlovlarini kechiktirish masalalari boʻyicha murojaatlarni masofaviy tarzda koʻrib chiqish tizimini yaratish choralarini koʻrish tavsiya etiladi.

 

Taqdim etilayotgan imtiyozlardan insof bilan foydalanish maqsadida mijozlarga faqat ularning moliyaviy ahvoli uzoq vaqt yomonlashgan taqdirdagina kredit tashkilotlariga murojaat qilishlari tavsiya qilinadi.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_