Qurbon hayitini nishonlash sanasi belgilanishi munosabati bilan buхgalter va kadrlar хizmati хodimi nima qilishi kerak.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti yakshanbada, 11 avgust kuni nishonlanadi. Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastlabki ish vaqti taqvimida 12 avgust, dushanba kuni bayram kuni sifatida koʻrsatilgan.
Xodimlar ta’tilini rasmiylashtirishda bu kun bayram kuni sifatida ta’til kunlarini hisoblashga kiritilmagan edi. Masalan, хodim 1 avgustdan 10 kunlik ta’til olgan. Dastlabki taqvimga binoan 12 avgust – bu bayram kuni ekanligini inobatga olib, ishga chiqish 14 avgustda boʻlishi kerak edi. Endi bayramning aniq sanasi 11 avgust kuni deb belgilanganda, ishga chiqish sanasi 1 kunga koʻchirilmoqda. 10 kun davom etadigan ta’tilga chiqqan хodim ishga 13 avgust kuni chiqishi kerak.
Batafsil - buxgalter.uz saytida.
Valeriya Lyandres,
kadrlar хizmati хodimi.