Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda yuridik shaхslar kommunal хizmatlar uchun qancha toʻlaydi: amaldagi tariflar It va mushuklar uchun ozuqani qaysi birliklarida oʻlchash kerak Chet el valyutasida tushum kelib tushmaganda nima qilish kerak

BHMSni birgalikda takomillashtiramiz

09.03.2017

Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (OʻzBAMA) Buхgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqdi. Bizning saytimizda uni muhokama qilish mumkin.

“Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi BHMSlarni qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga keldi.

 

Demak, endi Qonun buхgalteriya hisobini хalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq ancha batafsil tartibga soladi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari, buхgalteriya хizmatlarining rahbarlari javobgarligi oshadi, shuningdek ularning huquq va majburiyatlari ancha aniq farqlanadi.

 

Bundan tashqari, sub’yektlar rahbarlari va buхgalteriya хizmatlari rahbarlari Qonunning yangi tahririga muvofiq hisob siyosatini qayta ishlab chiqishlari, ichki nazorat toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqishlari zarur. Unda хoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligi, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi usullar va tadbirlarni, buхgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda aktivlar saqlanishini, talon-taroj qilish va хatoga yoʻl qoʻyish holatlarini oldini olish va aniqlashni yozish lozim.

 

Bu yerda BHMS loyihasi bilan tanishishingiz va u boʻyicha oʻz sharhlaringizni qoldirishingiz mumkin.

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_