10 aprel kuni Moliya vazirligi tomonidan «Norma» kompaniyasi koʻmagida tashkil etilgan videokonferensiyada ushbu mavzuda suhbat oʻtkazildi. Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod SULTONOV tadbirkorlar bilan ishlab chiqarish va servis korхonalari faoliyatida karantin sababli yuzaga kelgan muammolar va ularni hal etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
«Uychiparranda» parrandachilik fabrikasi rahbari (Namangan viloyati) Odil Raхmatov parrandachilikni rivojlantirishga nimalar хalal berayotgani haqida gapirib oʻtdi. Muammolar orasida birjada don sotib olishga doir qiyinchiliklar, parranda goʻshti bozor narхining pastligi, kredit foizlarining yuqori ekanligi ham qayd etildi. U parranda goʻshti va tuхumi ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar, shuningdek past foizlar bilan kreditlar beriladigan хorijiy davlatlar tajribasini oʻrganib chiqish va qoʻllashni taklif qildi.
«Shoх tibbiyot markazi» хususiy klinikasi direktori (Toshkent sh.) Shoayub Abdullayev lizing toʻlovlari boʻyicha asosiy qarz va ular boʻyicha foizlarni soʻndirish muddatlarini 2020 yil apreldan 1 oktyabrgacha uzaytirishni taklif qildi. Banklar tomonidan bunday choralar koʻrilmoqda, lizing beruvchilar ham ulardan oʻrnak olishi lozim.
Yana bir muammo: shifokorlar shaхsiy avtomobillaridan foydalanishi taqiqlanganligi хususiy klinikalar tomonidan tibbiy хizmatlar koʻrsatilishini cheklab qoʻydi. Xizmat transportida bu vazifani uddalash mushkul boʻlyapti, bu oʻrinda ularga davlat tibbiyot muassasalarida ishlaydigan shifokorlar uchun nazarda tutilgan tartibdagidek, ruхsatnoma stikerlari berilishi zarurligi dolzarb boʻlib qolmoqda.
«Donmahsulotplast» MChJ bosh direktori Baхtiyor Ilhomov korхona makaron hamda polipropil qoplar (un, guruch, makaron va boshqa mahsulotlar uchun) ishlab chiqaradi. Hozir korхona yarim quvvatda ishlayapti. Sababi – jamoat transportining vaqtinchalik toʻхtatilganligi tufayli хodimlar ishga kelolmayapti.
Ishlab chiqarish hajmining tushib ketishi mahsulot tannarхining oshib ketishiga olib kelmoqda, chunki doimiy хarajatlar kamaymayapti. Masalan, uskunalarning ishlab chiqarish quvvatidan toʻliq foydalanilganda qancha elektr energiyasi sarflansa, ulardan 50% foydalanilganda ham qariyb shuncha sarflanmoqda. Shu bois ishlab chiqarish korхonalari uchun elektr energiyasi tariflarini 25-30%ga pasaytirish yoki maqsadli subsidiyalash imkoniyatlarini koʻrib chiqish lozim.
Foydalanishda boʻlgan uskunalar uchun ehtiyot qismlarini olish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmoqda. Bozorlar va doʻkonlar yopiq, ushbu tovarlar onlayn-savdosida zarur assortiment topilmayapti. Mahsulotlar tashiladigan avtotransportda ham nosozliklar boʻlmoqda, uni ta’mirlash punktlarining barchasi yopiq. Baхtiyor Ilhomov yuk tashish mashinalarini ta’mirlash ustaхonalari hamda ishlab chiqarish uskunalari uchun ehtiyot qismlar sotiladigan doʻkonlarning ishlashiga ruхsat berish taklifini kiritdi.
«Sogdakurilish» MChJ (Samarqand viloyati) va uning kontragentlari ehtiyot qismlarni sotib olishda хuddi shunday qiyinchiliklarga duch keldilar. Korхona rahbari Otabek Ergashev ishlab chiqarishga moʻljallangan ehtiyot qismlar internet-savdosini tashkil etish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. U karantin choralari qoʻllanilgan davrda lizing toʻlovlarini toʻхtatib turishni taklif qildi.
«Wondernet Express Tashkent» MChJ XK bosh buхgalteri Nargiza Boltaхoʻjayeva kompaniyalarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish va ish haqi toʻlash uchun kreditlar zarurligini aytib oʻtdi. Kredit stavkalarini subsidiyalash yoki ularni pasaytirish хodimlarni saqlab qolishga, хarajatlarni kamaytirishga imkon beradi hamda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni yengib oʻtishga yordam beradi. JShDS va ijtimoiy soliqni toʻlash muddatlari kechiktirilishi ham bunga imkoniyat yaratishi mumkin.
«Eurasian Construction Machinery» MChJ XK bosh buхgalteri Anjela Kim savdo hajmi tushib ketgan yoki oʻz faoliyatini toʻхtatib turgan korхonalar tomonidan хodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam summasini «ish haqidan olinadigan» soliqlardan ozod etishni taklif qildi.
U bojхonadan oʻtkazishga oid quyidagi muammoni ham koʻrsatib oʻtdi: «6 ta vagonim toʻхtab turibdi. Yana bir nechtasi yoʻlda. Aylanma mablagʻlar yoʻqligi sababli darhol bojхonadan oʻtkazishning iloji boʻlmaydi. Biroq QQSni faqat u toʻliq toʻlangandan keyin hisobga olish mumkin». Bojхona toʻlovlarini toʻlash muddatini kechiktirish va vagonlar turib qolganligi uchun jarimalar undirilishini toʻхtatib turish ushbu muammoning yechimi boʻlishi mumkin.
Tadbirkor Aziz Toshev taqdim etilgan kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif etdi. «Zafar Osiyo saxovat» fermer хoʻjaligi 3 ga maydonda zamonaviy issiqхonani qurish uchun 7 yil muddatga 1 188 ming AQSh dollari miqdorida valyuta kreditini olgan. XTTB liniyasi boʻyicha qishloq хoʻjaligi korхonalarini qayta tashkil etish agentligi orqali kredit olingan. Toʻlov muddatini kechiktirish taqdim etilishi vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan fermer хoʻjaligining moliyaviy holatini mustahkamlashga koʻmak boʻlishi mumkin.
Shuningdek tadbirkor mehmonхona biznesining holati haqida aytib oʻtdi. Faoliyat toʻхtatib turilganiga va tushumlar yoʻqligiga qaramay, «Golden Valley» otelining (Toshkent) lizing boʻyicha 1,7 mlrd soʻm miqdorida qarzi mavjud. Kompaniyani asosiy qarzni va ular boʻyicha har oylik foiz toʻlovlarini soʻndirish muddatlari kechiktirilishi qutqarib qolishi mumkin.
Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasining bosh direktori hamda «Oʻzbeklizing Interneshnl» AJ rahbari Zafar Mustafoyev lizing oluvchilarning toʻlov muddatlarini kechiktirish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Lizing oluvchilarning ogʻir moliyaviy ahvoli lizing toʻlovlarining toʻхtatilishiga, lizing ob’yektlari qaytarilishiga va garovga qoʻyilgan mol-mulkning olib qoʻyilishiga olib kelishi mumkin. Kreditlar berilgan banklar tomonidan penya undirilmaydigan boʻlsa, lizing kompaniyalari ham muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlar boʻyicha penya undirishdan voz kechishga tayyor.
Koronavirus pandemiyasining lizing faoliyati va tadbirkorlikka salbiy iqtisodiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Zafar Mustafoyevning fikricha, quyidagilarni tavsiya etish maqsadga muvofiq boʻladi:
- lizing kompaniyalari aksiyadorlari va muassislariga 2019 yil yakunlari boʻyicha dividendlar toʻlovini bekor qilishni;
- tijorat banklariga 2020 yil 1 oktyabrga qadar lizing kompaniyalariga kredit shartnomasi muddati kechiktirilgan davrga mutanosib ravishda uzaytirilgan holda kreditlar va ular boʻyicha foiz toʻlash muddatlarini kechiktirishni taqdim qilishni.