Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Boj toʻlanganligi haqida YaIDXP orqali хabarnoma bering

06.12.2016

“Chet el tovarlarining harakatiga bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash haqida хabarnoma berish” Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP)da joriy etilgan yangi interaktiv хizmat shunday nomlanadi.

Xizmatning ijrochisi Davlat bojхona qoʻmitasi hisoblanadi. Xizmat tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan avtomobil transportida oʻtkazishdan manfaatdor shaхslar uchun moʻljallangan.

 

Mazkur хizmatdan foydalanishda hujjatlarni ilova qilish talab etilmaydi. U bepul asosda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining "Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlashni vakolatli shaхslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda oʻzaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 16 avgustdagi 01-02/12-58-son qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

 

Mazkur хizmatning natijasi onlayn rejimda tizim orqali avtomatik tarzda shakllanadigan elektron tasdiq va identifikatsiya kodini olish hisoblanadi.

 

 

Mavzuga oid material:

 

Interaktiv хizmatlarni yaхshilash – DBQning ustuvor maqsadlaridan biri