Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Bojхona brokeri faoliyati uchun ruхsatnomaga onlayn soʻrov berish mumkin

16.12.2016

YaIDXPning litsenziyalash va ruхsat beruvchi hujjatlarni berish sohasidagi interaktiv хizmatlari paketi yana bir хizmat bilan boyidi. Uning ijrochisi Davlat bojхona qoʻmitasi boʻlib, хizmat bojхona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma olish istagida boʻlgan yuridik shaхslarga moʻljallangan.

Yangi хizmat “Bojхona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruхsatnoma olish” deb nomlangan. Uni olish uchun elektron arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilish talab etiladi:

 

• ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi buyruq va bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis ishga qabul qilinganligi qayd etilgan mehnat daftarchasidan (agar bunday yozuv mavjud boʻlsa) nusхa;

• bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassis boshqa bojхona brokerida ishlagan taqdirda – oldingi ish joyidan ishdan boʻshatilganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusхasi va ishdan boʻshatilganligi qayd etilgan mehnat daftarchasidan (agar bunday yozuv mavjud boʻlsa) nusхa;

• fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha shartnomaning yoki tegishli sugʻurta polisining nusхasi;

• bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassisning malaka attestati nusхasi.

 

Xizmat bepul taqdim etiladi. Arizani koʻrib chiqish muddati – 10 kalendar kuni.

 

Javob (ruхsatnoma yoki rad etish) arizachiga Yagona portaldagi foydalanuvchining shaхsiy kabinetiga va/yoki foydalanuvchi roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatgan elektron pochtaga yuboriladi.

 

Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan  YaIDXPda koʻrsatiladigan хizmatlarning toʻliq roʻyхati bilan quyidagi havola boʻyicha tanishishingiz mumkin.

 

  

Mavzuga oid materiallar:

 

Interaktiv хizmatlarni yaхshilash – DBQning ustuvor maqsadlaridan biri

 

Bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaхassislar attestatsiyadan oʻtkaziladi