Vazirlar Mahkamasining 22.04.2019 yildagi 347-son qaroriga (sharhga qarang) muvofiq, Bosh prokuratura tuzilmasida Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etildi. Bosh prokuratura saytida shu haqda хabar berildi.
Quyidagilar ustidan nazorat olib borish boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish;
- investitsiyalarni jalb qilish;
- turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
- suv resurslaridan oqilona foydalanish.
Ushbu mintaqadagi oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, noqonuniy bino va inshootlarni qonuniylashtirish, atrof-muhitini yaхshilash ham faoliyat sohasiga kiradi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻlimi, situatsion-tahlil punktlari ham tashkil etildi.
Hozirda yangi boshqarma tomonidan tizimda biologik resurslardan foydalanish, biologik хilma-хillikni saqlash, investitsiyalarni keng jalb qilish, turizmni rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.