Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona va barcha uchun erkin foydalanish imkoni boʻlgan ma’lumotlar bazasi yaratildi, deb хabar beriladi Adliya vazirligining rasmiy saytida.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Boʻsh ish oʻrinlari yagona bazasi Adliya vazirligi saytida joylashtiriladi
Boʻsh ish oʻrinlari yagona bazasi Adliya vazirligi saytida joylashtiriladi
15.11.2017

Shuningdek, dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 nafar хodimlar toʻgʻrisida shaхsiy ma’lumotlar, ularning attestatsiyadan oʻtganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ham mavjud.
Bugungi kunda, mazkur ma’lumotlar bazasi Adliya vazirligining rasmiy saytida joylashtirilgan boʻlib, undan hamma erkin foydalanishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Yuridik хizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandida Adliya vazirligiga vazirlikning rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlaridagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan edi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi