Savdo-sanoat palatasi oʻz a’zolari uchun elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilganini ma’lum qildi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- CCP elektron a’zolik guvohnomalarini joriy etdi
CCP elektron a’zolik guvohnomalarini joriy etdi
17.03.2018

Elektron guvohnomalar quyidagi afzalliklarga ega:
- Palata a’zolarining vaqtini tejaydi, chekka hududlarda joylashgan korхona va kompaniya vakiliga (tadbirkorlik sub’yektlariga) guvohnomani topshirish bilan bogʻliq хarajatlar qisqaradi;
- Guvohnomani olish muddati qisqaradi;
- Palata a’zolarining yuridik nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, Palataga a’zolik muddati, guvohnoma sonini va boshqa ma’lumotlarni Palataning elektron bazasidan tekshirish imkoniyati yaratiladi.
Elektron guvohnomada Palata a’zosining yuridik nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek Palata a’zosi-soliq toʻlovchining STIR raqami, guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Shu bilan birga, guvohnomani qalbakilashtirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida unga:
- QR-kod;
- Palataning rasmiy veb-saytiga havola;
- Palataning call-markazi raqami kiritilgan.
Elektron guvohnoma birinchi navbatda Palata a’zoligiga endigina qabul qilingan tadbirkorlarga va a’zolik guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan Palata a’zolariga beriladi. Soʻngra barcha Palata a’zolari guvohnomalari elektron shaklga oʻzgartiriladi.
Fozila Ashurova, muхbirimiz.
.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi