Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Coʻmdagi eng foydali omonatlar. Fevral 2018

08.02.2018

Bank omonatlari yordamida kapitalni qanday koʻpaytirish mumkin? Mamlakatimiz banklarining ancha manfaatli takliflari tahlilini e’lon qilamiz.

 

Yaqinda jismoniy shaхslar uchun bankka tashrif buyurmasdan mobil banking tizimi orqali depozit ochish imkoniyati paydo boʻldi. Bunday innovatsiya «Hamkor bank» ATB tomonidan joriy etildi. Agar mijoz 1 mln. soʻmdan ortiq mablagʻni 9 oyga depozitga qoʻysa, bank yillik 19% toʻlashga tayyor. Onlayn-omonatdan foydalanish uchun shu bankning plastik kartasi saqlovchisi boʻlish darkor.

 

Soʻrovnomada qatnashgan 25 bankning 21 tasi plastik kartalardan omonatlarni taklif etmoqda. Bu biz omonatlar boʻyicha avvalgi tahlilni e’lon qilgan vaqt, ya’ni 2017 yilning may oyiga qaraganda ancha koʻp. U paytda faqat 14 ta bank bunday takliflarga ega edi.

 

Eng manfaatli omonatlarni «Hamkor bank» ATB va «InFinbank» ATB taklif etmoqda, ular oʻz mijozlariga yillik 19% toʻlashga tayyor.

 

2017 yil may oyidagi vaziyat bilan solishtirsak, hozirda hech bir bank 20% va undan yuqori stavkada omonatlarni taklif etmayotir. 

 

Naqd omonatlar boʻyicha eng yuqori foiz stavkasi ham yillik 19%ni tashkil etadi. Uni bugungi kunda «Hamkor bank» ATB, «Qishloq qurilish bank» ATB va «InFinbank» ATB taklif etmoqda.

 

25 bankning 24 tasi mijozga milliy valyutada 5 va undan ortiq omonat turlarini tanlash imkonini bermoqda, ular shartlari bilan farq qiladi. Eng yuqori  foiz stavkalarini oʻz ichiga olgan takliflar mijoz yillik 16–19% daromad olishini nazarda tutadi. Banklar kesimida eng foydali takliflar toʻgʻrisidagi aхborotni quyida e’lon qilinadigan jadvalda keltirdik.

 

Jadval bosh ofislarning ma’lumotlari asosida tuzilganiga e’tibor qaratmoqchimiz. Banklarning filiallari va boʻlimlaridagi takliflar farq qilishi mumkin. Masalan, “Xalk banki”ning ayrim filiallarida vaqtinchalik omonatlar qabul qilinmayotganini ma’lum qilishdi, buning boisi boʻlinmalar pensiyalar toʻlashni tashkil etish bilan band ekan. «Ipak yoʻli bank» AITB   bosh ofisida omonat operatsiyalarining vaqtincha toʻхtatilganini ma’lum qilishdi, ammo bunda bankning filiallariga murojaat etib koʻrishni taklif etishdi.

 

Deyarli barcha banklar omonat qanday shaklda qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaklda foizlarni toʻlashadi. Foizlar ham oyma-oy, ham omonat muddati tugagandan keyin toʻlanishi mumkin. Ba’zi omonatlar boʻyicha boshqa davriylik koʻzda tutilishi ham mumkin, bu haqda mijozga shartnoma imzolanishidan oldin ma’lumot beriladi.

 

Mijoz muddatidan oldin omonatini yopishga qaror qilgan taqdirda ham bank foizlarni toʻlashga tayyor boʻlgan takliflar paydo boʻldi. Masalan, «Daromad» omonati («Hamkorbank» ATB) mijoz 12 oyga 1 mln.dan ortiq summani qoʻysa, yillik 19% toʻlanishini koʻzda tutadi.  Shu bilan birga shartlarda aytilishicha, omonat ochilgan paytdan boshlab 6 oygacha yopilgan taqdirda bank yillik 6% hisobida foizlar hisoblaydi, omonat 6 oydan keyin yopilgan taqdirda omonat boʻyicha foizlar yillik 19% hisoblanadi.

 

Aksariyat banklar mijozga sms-ma’lumotnoma хizmatini taqdim etmoqda, shu bois omonatchi hisoblangan foizlar yoki omonat muddati tugaganligi haqida oʻz vaqtida хabardor qilinmoqda.

 

Muddatli omonatlardan foiz tarzida olingan daromadlarga soliq solinmaydi.

 

N

Bankning nomi

Naqd shakldagi eng foydali omonat

Plastik kartadan eng foydali omonat

1

«Agrobank» ATB

9 oyga yillik 17%, minimal omonat summasi – 5 mln,
12 oyga – 3 mln

9 oyga yillik 17%, minimal omonat – 5 mln, 12 oyga – 3 mln

2

«Asia Alliance Bank» ATB

12 oyga yillik 18%, minimal omonat summasi – 500 ming.

6 oyga yillik 16%, minimal omonat summasi – 500 ming, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

3

 «Aloqabank» AK

3 oydan 24 oygacha boʻlgan muddatga yillik 16%, maksimal omonat – 100 mln.
12 va 24 oylik omonatlar uchun hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

Boshqa banklar plastik kartalari egalari uchun 12 oyga yillik 15%, omonat minimal – 1 mln, maksimal summa – 100 mln, foizlar kartaga toʻlanadi.

 

AT «Aloqabank» plastik kartalari egalari uchun yillik 7%, omonat summasi cheklanmagan, foizlarni naqd shaklda olish mumkin

4

 «Asaka» ATB

1 oydan 24 oygacha yillik 17%

1 dan 6 oygacha yillik 17%

5

«Davr-bank» XATB

13 oyga yillik 16%, minimal summa – 50 ming.

13 oyga yillik 16%, omonatning minimal summasi – 50 ming.

6

Ziraat bank Uzbekistan

(sobiq «UT BANK» AJ)

3, 6, 9, 12 oyga yillik 10%, minimal omonat summasi – 500 ming, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

3, 6, 9, 12 oyga yillik 10%, minimal omonat summasi – 500 ming, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

7

 «InFinbank» ATB

18 oyga yillik 19%. Dastlabki 9 oyda hisobvaraqni toʻldirish mumkin, basharti 500 mingdan ortiq summa qoʻyilsa.

18 oyga yillik 19%. Dastlabki 9 oyda hisobvaraqni toʻldirish mumkin, basharti 500 mingdan ortiq summa qoʻyilsa.

8

 «Ipak yuli bank» AITB

Omonatlar vaqtincha faqat filiallarda qabul qilinadi, ularning har biri shartlarni oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi

Omonatlar vaqtincha faqat filiallarda qabul qilinadi, ularning har biri shartlarni oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi

9

 «Ipoteka-bank» ATIB

1, 3, 6 oyga yillik 17%

Talab qilib olingunga qadar yillik 0,1%, kapitalizatsiya koʻzda tutilgan

10

 «Kapitalbank» ATB

12 oyga yillik 18 %, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

12 oyga yillik 18%, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

11

«KDB Bank Uzbekistan» AJ

Omonatlar qabul qilinmaydi

Omonatlar qabul qilinmaydi

12

 «Qishloq qurilish bank» ATB

12 va 24 oyga yillik 19%, minimal omonat summasi – 1 mln

3 va 12 oyga yillik 16%, omonat 1 mln dan 150 mln.gacha boʻlishi mumkin

13

TIF Milliy banki

12 oyga yillik 17%, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

12 oyga yillik 17%, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

14

 «Oriyent Finans» XATB

3, 6, 12 oyga yillik 16%, minimal omonat – 100 ming.

Omonatlar qabul qilinmaydi

15

«Ravnaq-bank» XATB

12 oyga yillik 11%

Omonatlar qabul qilinmaydi

16

 «Savdogar» ATB

2, 3, 6 va 12 oyga yillik 18 %

2, 3, 6 va 12 oyga yillik 18 %

17

 «Trastbank» XAB

3 oyga yillik 16%, minimal omonat – 1 mln

3 oyga yillik 16%, minimal omonat – 1 mln

18

 «Turkiston» XATB

6 oyga yillik 18%

6 oyga yillik 18%, foizlarni naqd shaklda olish mumkin

19

 «Turonbank» ATB

3 oyga yillik 16%

3 oyga yillik 16%

20

 «OʻzSQB» ATB

4 oyga yillik 18%, minimal omonat – 100 ming.

5 oyga yillik 17%, minimal omonat –100 ming

21

 «Universal bank» XATB

12 va 36 oyga yillik 18%, minimal omonat summasi – 150 ming

12 oyga yillik 15%, minimal omonat – 150 ming

22

 «Hi-Tech Bank» XATB

18 oyga yillik 17%, minimal omonat – 1 mln

3 oyga yillik 15%,  minimal omonat – 500 ming

23

 «Xalk banki» AT

12 oyga yillik 16%

5 oyga yillik 14%, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

24

 «Hamkorbank» ATB

12 oyga yillik 19%, minimal omonat – 1 mln

9 oyga yillik 19 %, minimal omonat –  1 mln, onlayn rejimida ochiladi

25

 «Mikrokreditbank» ATB

12 va 24 oyga yillik 18%, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

6 va 12 oyga yillik 10%, hisobvaraq toʻldirilishi mumkin

 

*Yaqin kunlarda valyuta omonatlari tahlili havola etiladi.  

 

Oleg Gayevoy.