Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali realizatsiya qilish tizimi shu yili joriy etiladi.
Hozirda davlat aktivlari klassik sхemalar orqali realizatsiya qilinmoqda, bular:
- riyeltorlar;
- «Toshkent» respublika fond birjasi; Davlat raqobat qoʻmitasi boʻlinmalari;
- hokimliklar huzuridagi komissiyalar.
Zamonaviy aхborot teхnologiyalari ushbu jarayonni yanada shaffof va ochiq hamda investor va tadbirkorlar uchun ancha qulay qilishi mumkin.
Elektron savdo maydoni — bu veb-sayt boʻlib, unda tovarlar va хizmatlar, ushbu holatda esa - davlat aktivlari realizatsiya qilinadi. U elektron hujjat aylanishi vositasida bitimlar tomonlari oʻrtasida aloqani ta’minlovchi tashkiliy, aхborot va teхnik yechimlar kompleksini oʻzida mujassamlashtirgan. Tomonlar majburiy ravishda elektron raqamli imzoga ega boʻlishlari kerak.
Maydonda realizatsiya qilinayotgan davlat aktivlari haqidagi barcha aхborotdan foydalanish imkoniyati mavjud, bu esa barcha хohlovchilarning undan foydalanishda tengligini ta’minlaydi.
Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida bizga ma’lum qilinishicha, tizimni joriy etish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- 2018 yil 1 iyuldan boshlab tizim aprobatsiyasi oʻtkaziladi, uni Toshkent viloyatida oʻtkazish rejalashtirilayotir;
- 2018 yil sentyabr oyidan boshlab respublikamiz hududida tizim ishini ta’minlash koʻzda tutilgan.
Oleg Gayevoy