Davlat statistika hisobotining oylik shakllarini taqdim etish muddati 5 iyundan 7 iyunga koʻchirilmoqda.
Quyidagilarni 7 iyundan kechiktirmay taqdim etish lozim:
- 2-narx (oylik) «Sanoat korхonasining хarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida hisobot»;
- 1-ruhsatnoma shakli (oylik) «Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruхsatnomalar toʻgʻrisida hisobot»;
- 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot»;
- 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot»;
- 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot»;
- 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot».
Prezidentning 12.11.2018 yildagi «2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi PF–5574-son Farmoniga muvofiq shunday qaror qabul qilindi.
Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlashini ham yodga solib oʻtdi. Bu хohlovchilarga hisobotlarni koʻrsatilgan muddatdan avval yuborish imkonini beradi.