Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Deklaratsiyalar qabul qilish uchun soliqchilar ish vaqtlarini uzaytirishdi

16.03.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi fuqarolarga ma’lum qiladiki, 2016 yil 1 aprelgacha Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari dam olish kunlarisiz ishlaydi.

 

Daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya topshiradigan ishlovchi soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish hamda boshqa soliqqa doir masalalarni hal qilish uchun hududiy soliq inspeksiyalari  begim kunlari oʻz ish kunlarini ikki soatga uzaytiradi. Dam olish kunlari ham koʻrsatilgan davr ushbu organlar uchun ish vaqti boʻladi.

 

Biz avval fuqarolarning qanday daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solinishi, shuningdek qanday shakl boʻyicha soliq organlari oldida hisobot topshirish mumkinligi haqida yozgandik.

 

Eslatib oʻtamiz, daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etish Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 174-moddasi uchinchi qismiga muvofiq jarima solinishiga sabab boʻladi. Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.

 

Soliq toʻlovchilarga shuni ham eslatib oʻtish joizki, 2016 yil 1 yanvardan boshlab  jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq shkalasining ikkinchi stavkasi 1%ga pasaytirilgan. Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 7,5% miqdorida belgilangan.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Oʻzbekistonlikdan olinadigan soliqlar

 

JShDS stavkasi pasayadi.  Bundan kim foyda koʻradi?