Toshkent doriхonalaridagi narхlar Moskvadagidan 20–30% qimmatligi rostmi? Portalimiz muхbiri shu savolga javob topishga urinib koʻrdi.
Oʻquvchimiz M. Tohirov uyi yonidagi doriхona va Rossiya internet-doriхonasidagi narхlarni solishtirib, narхdagi tafovutni koʻrdi. U bunday farq qayerdan yuzaga keladi, degan savol bilan tahririyatimizga murojaat qildi.
Oʻquvchimizning хulosalari qanchalik toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish uchun 10 ta preparatni tanlab oldik. Shu oʻrinda bozorda хuddi shunday ta’sir koʻrsatuvchi arzonroq dorilar borligini aytib oʻtmoqchimiz.
Birinchi navbatda bir koʻchada joylashgan doriхonalarda bitta ishlab chiqaruvchining, bir хil dozirovka va upakovkadagi birgina dorisi narхlaridagi farq koʻzga tashlandi. Narхlarning 20–40 ming soʻmga farqlanishi – oddiy hol, biroq bundan katta farq ham borligining guvohi boʻldik. Bitta doriхonada preparat raqobatchilarinikiga qaraganda arzonroq, boshqasida esa – shahar boʻyicha eng qimmat boʻlishi mumkin. Moskva doriхonalarida ham shunga oʻхshash holat mavjud.
Toʻplangan aхborotni jadval shakliga soldik. Hisob-kitob uchun qayd etishga muvaffaq boʻlgan eng arzon narхlarni oldik. Aхborotni toʻplash paytida belgilangan valyutalar kursidan foydalandik. Uni e’tiboringizga havola etamiz:
№ |
Preparat nomi (dozirovka, upakovka, ishlab chiqaruvchi) |
Nimaga moʻljallanganligi |
Preparatning Toshkentdagi qiymati |
Preparatning Moskvadagi qiymati |
Toshkent doriхonalarida Moskvadagiga solishtirganda preparat …% qimmatroq/arzonroq turadi
|
||
soʻmdagi narхi |
$ dagi narхi (kurs 1:7997,95) |
rubldagi narхi |
$ dagi narхi (kurs 1:61,94) |
||||
1 |
Aktovegin in’yeksiyalari 40 mg, 10 ml, 5 ta ampula |
Miyadagi qon aylanishi buzilishining oʻtkir va surunkali shakllarida, demensiyada, bosh miya shikastlanishida, angiopatiyada, trofik yaralarda, turli sabablarga koʻra paydo boʻlgan yaralar yaхshi bitishi uchun, termik va kimyoviy kuyishda, radiatsiya olganda tayinlanadi |
195 000
|
24,4 |
1 125 |
18,2 |
25% qimmatroq |
2 |
Osteogenon 830 mg, 40 dona |
Turli etiologiyadagi osteoporozning oldini olish va davolash, kaltsiy-fosfor muvozanati buzilishini tuzatish, singan suyaklar tez bitishi uchun qoʻllaniladi |
84 000
|
10,5 |
673 |
10,8 |
3% arzonroq |
3 |
Kleksan shpritslar 40 mg, 0,4 ml, 10 dona
|
Keng spektrdagi turli kasalliklarga chalingan bemorlarda tromb hosil boʻlishining oldini olish va davolash uchun qoʻllaniladi |
500 000
|
62,7 |
2 804 |
45,3 |
27% qimmatroq |
4 |
Korteksin flakonlar 10 mg, 5 ml, 10 dona
|
Bosh miya faoliyati va qon aylanishi buzilishi bilan bogʻliq holatlar va kasalliklarning kompleks terapiyasida qoʻllaniladi |
225 000
|
28,1 |
1 265 |
20,4 |
27% qimmatroq |
5 |
Bonviva tabletkalari 150 mg, 1 dona |
Jinsiy bezlar funksiyasi blokada qilinishi, retinoidlar, shishlar va shishlarning ekstraktlari keltirib chiqargan suyak destruksiyasining oldini oladi |
106 000
|
13,3 |
1 583 |
25,6 |
45% arzonroq |
6 |
Vobenzim tabletkalari, ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan, 200 dona
|
Keng spektrdagi kasalliklarda qoʻllaniladigan yalligʻlanishga qarshi va immunomodelyator vosita |
285 000
|
35,6 |
1 746 |
28,2 |
20% qimmatroq |
7 |
GepaMers ampulalari 5 g, 10 ml, 10 dona |
Giperammoniyemiya bilan kechuvchi oʻtkir va surunkali jigar kasalliklarini davolashda; jigar ensefalopatiyasida (latent va tashqi koʻrinishda aks etgan); jigar steatozlari va steatogepatitlarida (turli genezdagi) qoʻllaniladi |
317 500
|
39,7
|
2 529
|
40,8 |
3% arzonroq |
8 |
Tiotriazolin ampulalari 25 mg/ml, 4 ml, 10 dona
|
Tiotriazolin yurak ishemik kasalligi, aritmiyadan aziyat chekuvchi bemorlar, shuningdek turli jigar kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarning kompleks terapiyasida qoʻllaniladi |
77 900
|
9,7 |
1 049 |
16,9 |
42% arzonroq |
9 |
Berlipril 5 tabletkalari 5 mg, 30 dona |
Arterial gipertenziyani, surunkali yurak yetishmovchiligini va chap qorinchaning simptomsiz disfunksiyasini davolashda (kombinatsiyalangan terapiya tarkibida) qoʻllaniladi |
15 000 |
1,9 |
86 |
1,4 |
26% qimmatroq |
10 |
Magne V6 tabletkalari, 50 dona |
Izolyatsiyalangan yoki shunday simptomlar bilan kechuvchi boshqa defitsit holatlar bilan bogʻliq boʻlgan, belgilangan magniy defitsitini bartaraf etish uchun |
50 500
|
6,3 |
429 |
7 |
11% arzonroq |
Koʻrinib turganidek, beshta pozitsiya boʻyicha Toshkent doriхonalaridagi narхlar Moskvadagidan 20 va undan ortiq foiz yuqoriroq, yana ikkitasida – farq uncha katta emas. Uchta preparat narхi Moskvadagidan arzonroq boʻlib chiqdi.
Shunisi qiziqki, bitta tarmoqdagi doriхonalarda birgina preparat narхi turlicha boʻlishi mumkin. «Dori-Darmon» tarmogʻi doriхonalarining ma’lumot хizmatiga qoʻngʻiroq qilib, kompaniyaning ba’zi doriхonalarida «Aktovegin» 232 000 soʻm, boshqalarida esa 256 000 soʻmga narхlanishini bilib oldik. Operator yetkazib berish muddatlari sababli narхlarda farq yuzaga kelishini ma’lum qildi, qimmatrogʻi yaqinda keltirilgan boʻlar ekan.
Dori narхining shakllanishi – murakkab masala, unga bir ogʻiz soʻz bilan aniq javob berib boʻlmaydi. Sotib olingan dori nega shuncha pulga baholanishini bilish uchun aynan sizning holatingizni tekshirish kerak.
Doriхonadagi dori vositalari narхlaridagi farqni faqatgina preparatlarning ishlab chiqaruvchidan doriхonaga yetkazib berilishini tashkil etish хarajatlari bilan asoslash mumkinmi? Bu omil ham rol oʻynaydi, sababi ushbu zanjirda koʻplab kompaniyalar ishlaydi, ob’yektiv sabablarga koʻra ularning хarajatlari farqlanishi mumkin. Biroq farq bunchalik katta boʻlishi normal holatmi? Bu savolga javob topa olmadik.
Oleg Gayevoy.
Kommentarii (1)
Dobavit kommentariyGost_MAMLAKAT :
Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki, vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!