Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

DSQ raisiga savol bering

04.01.2019

Rus tilida oʻqish

«Xalq soʻzi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev bilan intervyu tayyorlamoqda. Bu jarayonda oʻz savollarini tahririyat manziliga yuborgan holda barcha istak bildirganlar ishtirok etishlari mumkin.

 

2019 yil 1 yanvardan boshlab yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlari  soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtkazildi. Yillik aylanmasi 3 mlrd soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar QQSni soddalashtirilgan sхema boʻyicha toʻlash imkoniyatiga ega boʻldilar (batafsil qarang). Soliqlar va majburiy toʻlovlarning yangi stavkalari amal qilishni boshladi. Shu munosabat bilan soliq toʻlovchilarda talay savollar yuzaga kelmoqda.

 

Soliq solishga oid ushbu va boshqa savollarga DSQ raisi Behzod Musayevdan javob olish mumkin. Buning uchun savolingizni  «Xalq soʻzi» gazetasi tahririyatiga havola boʻyicha  sharh koʻrinishida yoki telegram-bot orqali yuborishingiz mumkin. Javoblarni 8 yanvar kuni «Xalq soʻzi» va «Narodnoye slovo» gazetalari sahifalarida hamda http://xs.uz/ saytida e’lon qilish rejalashtirilayotir.