«Oʻzbekenergo» AJ 1 apreldan boshlab elektr energiyasining tariflari oshganligi haqida ma’lum qildi. Tariflarning yangilangan reyestri Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil 14 martda tasdiqlangan.
Aholi uchun 1 kVt/s elektr energiyasining qiymati 204,3 soʻmdan 228,6 soʻmga oshirilgan. Elektr plitalari bilan jihozlangan, oʻn qavatdan yuqori boʻlgan koʻp хonadonli turar joylar va yotoqхonalarda yashovchi aholi uchun tarif 102,15 soʻmdan 114,3 soʻmga oshirildi.
Iste’molchilarning boshqa guruhlari uchun yangi tariflar haqida bu yerda bilib olish mumkin.