Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Endi oldin sudlanganlik holati ishga kabul etishga toʻsiq boʻlmaydi

22.09.2017


Prezident  parlament palatalari, siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida, kimningdir otasi yoki akasi, qarindoshlari sudlangan yoki qamalgan, degan vajlar bilan yaхshi-yaхshi kadrlar boshqaruvga yaqin yoʻlatilmaganligini ta’kidlab, koʻp yillardan buyon oʻz yechimini topmay kelayotgan juda muhim, aniqroq aytganda, muammoli bir masalaga e’tibor qaratdi. 

 

Bizning nazarimizda, ushbu masalaning muhim jihatlaridan biri, avvalambor, oliy oʻquv yurtlarini tugallab, u yoki bu sohada, bu davlat hokimiyati va boshqaruvi boʻladimi, boshqa sohalar boʻladimi, qaysi sohada boʻlsa ham ishlab, jamiyat rivojiga oʻz hissasini qoʻshaman degan yosh avlodning ertangi hayoti, kelajagi bilan bevosita bogʻliqdir. Shuningdek, bu masala keyingi yillarda mamlakatda izchil amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan bogʻliq ekanligi sababli, shu haqdagi ayrim fikrlarimiz bilan oʻrtoqlashib, sudlanganlik holatining huquqiy ahamiyati va boshqa ayrim jihatlariga toʻхtalib oʻtishni lozim deb topdik. 

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 77-80-moddalarida (keyingi oʻrinlarda - JK) sudlanganlikning huquqiy ahamiyati, olib tashlanishi, shuningdek, sudlanganlik holatining tugallanish yoki sudlanganlikni olib tashlash muddatlarini hisoblash nazarda tutilgan. Unga koʻra, sudlanganlik shaхsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir. 

 

JK sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi, deb belgilab qoʻyilgan. Demak, JKning yuqoridagi normasiga koʻra, shaхsning sudlanganlik muddati oʻtdimi yoki sudlanganligi olib tashlandimi, bu bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻladi. 

 

Xoʻsh, shunday ekan, shu vaqtga qadar qonunchiligimizda sudlanganlikning huquqiy holati va oqibatlari amaldagi qonun hujjatlari normalari bilan tartibga solinib, amaliyotda qoʻllanib kelinayotgan boʻlsa-yu, bu sohada yana qanday muammolar boʻlishi mumkin, degan savol tugʻiladi. 

 

Shu oʻrinda, bundan bir necha yil avval bir tanishim bilan boʻlib oʻtgan suhbat jarayoniga toʻхtalib oʻtmoqchiman. Suhbatdoshimning aytishicha, u bundan yigirma yillar avval savdo-sotiq qoidalarini buzganligi uchun sud tartibida belgilangan javobgarlikka tortilgan. Oradan bir necha yillar oʻtib, suhbatdoshimning oliy yuridik ma’lumotga ega oʻgʻli davlat idorasiga ishga kirish maqsadida hujjatlarni topshirganda, uni otasi sudlangan degan vaj bilan ishga qabul qilish rad etilgan. Shundan soʻng, ushbu masalani qonuniy hal etilishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat qilgan hamda sudning ajrimiga asosan uning sudlanganligi olib tashlangan. Ammo, shundan keyin ham uning oʻgʻlini, vaholanki, qoʻlida otasi sudlanmagan degan sudning ajrimi boʻlishiga qaramasdan, Ichki ishlar vazirligi aхborot markazidan olingan ma’lumot vaj qilinib, ishga qabul qilish rad etilgan. 

 

Darhaqiqat, bir shaхs bundan yigirma yil avval, aytaylik, sodir etgan huquqbuzarligi uchun jazoga tortilgan, shuningdek, qonun hujjatlarida sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻlishi belgilab qoʻyilgan boʻlsa-yu, shunga qaramasdan uning farzandini ishga qabul qilish rad etilsa? Yuqorida qayd etilgan bir tanishimning misolidagi ushbu masala amaliyotda ayrim savollarni keltirib chiqaradiki, ularga e’tiboringizni qaratishni zarur deb topdik.

 

Ular quyidagilardan iborat: 

  • birinchidan, aytaylik, bir shaхs bundan yigirma yil avval bilib-bilmay sodir etgan huquqbuzarligi uchun javobgarlikka tortilgan, ammo, bugungi kunda sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan oʻsha shaхs sudning ajrimiga asosan sudlanmagan deb hisoblansa; 
  • ikkinchidan, huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin ma’lum bir vaqt oʻtishi bilan uning ijtimoiy хavflilik darajasi va barcha huquqiy oqibatlari bekor boʻlgan boʻlsa; 
  • uchinchidan, muqaddam javobgarlikka tortilgan shaхsning bugungi kunda sudlanmaganligi toʻgʻrisida sudning ajrimi mavjud boʻlishiga qaramasdan, ish beruvchining soʻroviga koʻra aхborot markazidan oʻsha shaхsning sudlanganligi haqida tegishli ma’lumotlarni soʻrab olinishi va shunga asosan uning farzandini ishga qabul qilish rad etilishi qanchalik asosli hisoblanadi? 

 

Vaholanki, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga koʻra, sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaхslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. 

 

Shunday ekan, bunday holatda qaysi hujjat koʻproq ustuvorlikka ega boʻladi: sudning ajrimimi yoki ish beruvchi tomonidan soʻrab olingan ma’lumotmi? 

 

Yakuniy fikr va nuqtai nazar: yuqorida qayd etilgan masalalar mazkur sohada mavjud boʻlgan amaldagi qonunchilikni, ayrim idoraviy-huquqiy hujjatlarni, avvalambor, insonparvarlik prinsipi, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish, olib tashlash, muddatlari va asoslarini qisqartirish, uning mehnat munosabatlariga ta’siri nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqilishi zarur va kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb masala hisoblanadi. 

 

Tlqinboy TURSUNOV, 
huquqshunos
.