Bank depozitlari boʻyicha foiz stavkalari sharhining davomida 2018 yil fevral holatiga koʻra eng koʻp foyda keltiradigan valyuta omonatlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Soʻrov oʻtkazilgan 25 ta bankdan 24 tasi jismoniy shaхslardan хorijiy valyutada omonatlarni qabul qilishga tayyordir. Bunda 2 ta bank foizlarni hisoblamasdan, pullarni saqlab berishnigina ta’minlashga tayyor.
Asosan banklar хorijiy valyutadagi omonatlarning 2 dan ortiq turini taklif qilmoqdalar, ular bir-biridan foiz stavkalari va boshqa shartlar bilan farqlanadi.
Takliflarning koʻpchiligida AQSh dollariga doir operatsiyalar oʻtkazish moʻljallangan. Ba’zi banklar depozitga yevro va funt sterlingni ham qabul qilishga tayyorlar. Pul mablagʻlari faqat naqd shaklda qabul qilinadi.
2017 yilning mayida e’lon qilgan avvalgi sharhimizga taqqoslaganda, hozirda hech qaysi bank foiz stavkasi yillik 7–8%lik omonatlarni taklif emayapti. Amaldagi eng foydali takliflarda yillik 5–6%lik stavka nazarda tutilgan.
Yangi omonat turlari joriy qilindi, ularning shartlariga koʻra, mijoz depozitni muddatidan avval yopishga qaror qilgan taqdirda ham, bank foiz toʻlashga tayyor boʻladi.
Solishtirma jadvaldan eng foydali takliflar haqida bilib olish mumkin.
Qulay boʻlishi uchun quyidagi belgilardan foydalanildi ($ – AQSh dollari, € – yevro, £ – funt sterling).
№ |
Bank nomi |
Eng foydali taklif |
Omonat kiritilgan valyuta |
Boshqa shartlar, izohlar |
1. |
«Agrobank» ATB |
12 oyga yillik 5% |
$, € |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda toʻlanadi. Hisoblangan, biroq toʻlanmagan foizlar asosiy omonat summasiga qoʻshilmaydi. |
2. |
«Asia Alliance Bank» ATB |
6 oyga yillik 5% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki muddat tugagach toʻlanadi. |
3. |
«Aloqabank» AT |
Foizlarsiz, talab qilib olinguncha |
$, € |
– |
4. |
«Asaka» ATB |
3, 6, 9, 12 oyga yillik 4% |
$, € |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki muddat tugagach toʻlanadi. |
5. |
«Davr-bank» XATB |
4 oyga yillik 4% |
$, € |
Foizlar omonat muddati tugagach, MBning pul mablagʻlari olingan kundagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi. |
6. |
«Ziraat Bank Uzbekistan» AJ |
12 oyga yillik 0,75% |
$, € |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada muddat tugagach toʻlanadi. |
7. |
«InFinBank» ATB |
12 oyga yillik 5% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda toʻlanadi, eng kam omonat miqdori - $ 1000 |
8. |
«Ipak yoʻli bank» ATB |
yillik 4% |
$ |
Foizlar muddat tugagach, MBning operatsiya amalga oshirilgan paytdagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi. Har oyda foizlar toʻlanadigan omonatlar mavjud, biroq foizlar plastik kartochkalarga oʻtkaziladi. Omonatlar faqat bank filiallarida qabul qilinadi, ularning har birida qoʻshimcha shartlar belgilanishi mumkin.
|
9. |
«Ipoteka-bank» ATB |
12 oydan ortiq muddatga yillik 5% |
$, € |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki muddat tugagach toʻlanadi. |
10. |
«Kapitalbank» ATB |
12 oyga yillik 5% |
$, € |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda toʻlanadi. Boshlangʻich badalning eng kam miqdori – omonat kiritilgan valyutada 100 shartli birlik. |
11. |
«KDB VANK» AJ |
Foizlarsiz, talab qilib olinguncha |
$, € |
Mijoz bank komissiyasini toʻlashi lozim. |
12. |
«Qishloq qurilish bank» ATB |
12 oyga yillik 5% |
$, €, £ |
Foizlar har oyda yoki muddat tugagach, omonat kiritilgan valyutada yoki soʻmda toʻlanadi. Eng kam miqdori – omonat kiritilgan valyutada 100 shartli birlik. |
13. |
TIF Milliy banki |
12 oyga yillik 5% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada muddat tugagach toʻlanadi. |
$, €, £ |
Multivalyuta omonati. Depozitni saqlash muddati - 13 oy. Foizlar saqlash muddati tugagach, omonat kiritilgan valyutada yoki AQSh dollarida toʻlanadi. Qoʻshimcha badallar qabul qilinadi. |
|||
14. |
«Oriyent finans bank» XATB |
12 oyga yillik 4% |
$ |
Foizlar omonatning amal qilish muddati tugagach, omonat kiritilgan valyutada toʻlanadi, muddatidan oldin yopilganda foizlar toʻlanmaydi. |
15. |
«RAVNAQ-BANK» XATB |
12 oyga yillik 6% |
$, € |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki muddat tugagach toʻlanadi. |
16. |
«Savdogarbank» ATB |
Xorijiy valyutadagi qoʻyilmalar boʻyicha takliflar mavjud emas |
– |
– |
17. |
«Trastbank» XATB |
3 oyga yillik 4% |
$ |
Omonat boʻyicha foizlar omonatchining istagiga koʻra har oyda yoki muddat tugagach kapitallashtirilmasdan toʻlanadi. Eng kam omonat miqdori – $ 1 000. |
18. |
«Turkistonbank» XATB |
12 oyga yillik 6% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda toʻlanadi. |
19. |
«Turonbank» ATB |
3 oyga yillik 5% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki muddat tugagach toʻlanadi. |
20. |
«Oʻzsanoatqurilishbank» ATB |
6 oyga yillik 4% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda toʻlanadi, eng kam omonat miqdori – $500. |
18 oyga yillik 5% |
$, €, £ |
Multivalyuta omonati. Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki omonat muddati tugagach toʻlanadi. |
||
21. |
«Universalbank» XATB |
9 oyga yillik 5% |
$ |
Foizlar valyutada har oyda yoki toʻlanadi, eng kam omonat miqdori – $500. |
22. |
«Hi-Tech-Bank» XATB |
18 oyga yillik 5% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada har oyda yoki muddat tugagach toʻlanadi, eng kam omonat miqdori – $300. |
23. |
«Xalq banki» AK |
12 oyga yillik 3% |
$ |
Foizlar omonat kiritilgan valyutada omonat muddati tugagach toʻlanadi. |
24. |
«NamkorBank» ATB |
12 oyga yillik 5% |
$, € |
Foizlar har oyda toʻlanadi. Agar omonat 3 oylik muddatdan oldin olinadigan boʻlsa, foizlar yillik 0,1% miqdorida toʻlanadi. Omonat ochilgan muddatidan 3 oy oʻtgach yopiladigan boʻlsa, omonat boʻyicha foizlar yillik 5% hisobidan hisoblanadi. |
25. |
«Mikrokreditbank» ATB |
Vaqtinchalik qabul qilinmaydi |
– |
– |
Oleg Gayevoy.
Kommentarii (2)
Dobavit kommentariyGost_Zafar :
Gost_Oleg Gayevoy :
Na segodnyashniy den po sravneniyu s fevralem stavki po vkladam izmenilis. Sledovatelno na ofitsialnom sayte informatsiya tochneye. (rekomenduyem yeshche utochnit v koll-sentre banka). Soobshchayem, chto v nastoyashcheye vremya redaksiyey gotovitsya noviy obzor po valyutnim vkladam.