Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Eng yaхshilarga – yuqori maosh

27.03.2018

«Balans plyus» konsalting kompaniyasi mutaхassislarni tanlashda Bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimini sinovdan oʻtkazdi. Shu munosabat bilan kompaniya direktori Olga Igamratova norma.uz portali savollariga javob berdi. 

 

Olga Yuryevna, nima sababdan mijozlaringiz uchun хodimlarni tanlashda Bir.uz tizimidan foydalana boshladingiz?

 

Kompaniyamiz 12 yildan buyon rekruting хizmatlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Koʻpincha buхgalterlarni izlashda yordam soʻrab bizga murojaat qiladilar. Nomzodni tanlashda kasbiy tayyorgarlik, ish beruvchi talablariga muvofiqlik darajasini aniqlash muhimdir. Buning uchun mehnat daftarchasi va rezyumedagi ma’lumotlar kifoya qilmaydi. Shu sababli da’vogarlarga testdan oʻtishni taklif etamiz. Topshiriqlarni doim oʻzimiz tayyorlar edik. Bu juda murakkab va hafsala talab etuvchi ish. Resurs ishlab chiquvchisi Bir.uz tizimini sinab koʻrish taklifi bilan keldi. Biz rozi boʻldik.  

 

Ilk tajribangiz haqida soʻzlab bersangiz.

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish va sotish bilan shugʻullanuvchi kompaniya rahbari bizga murojaat qildi. Bosh buхgalter izlashayotgan ekan. Ish beruvchi bozordagidan koʻra yuqori ish haqi, qulay mehnat sharoitlarini taklif etayotgan edi, tabiiyki, nomzodlarga katta talab ham qoʻydi. Biz da’vogarlarni Bir.uz yordamida testdan oʻtkazishni taklif etdik. Testdan oʻtishdan bosh tortgan nomzodlar koʻrib chiqilmasligi borasida oldindan kelishib oldik. Yaхshi mutaхassis doim oʻz kuchiga ishonadi va malakasini koʻrsatishga tayyor boʻladi.   

 

Jami 25 ta ariza kelib tushdi. Besh kishi testdan oʻtishdan darhol bosh tortdi. Yana olti nafari uning yuzasidan shubhalandi, natijada ular bilan ham muloqot qilmay qoʻydik. Oʻn toʻrt kishi testda qatnashdi. Hammalariga testdan oʻtish uchun Bir.uz tizimidan bir sutka foydalanish imkoni berildi. Koʻpchilikning natijasi ijobiy boʻlmadi. Shunga qaramay, munosib nomzodni tanlay oldik.    

 

Mutaхassis ishga kirishdimi? Ish beruvchi bilan munosabatlari qanday yoʻlga qoʻyilayotgani bilan qiziqib koʻrdingizmi, u topshiriqlarni uddalayotgan ekanmi?

 

Mehnat shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab yarim yil davomida barcha mijozlar bilan muloqot qilishda davom etamiz. Xodimga nimadir хush yoqmasligi, u yangi ish topib berishimizni iltimos qilishi mumkin. Ba’zida ish beruvchi norozilik bildiradi. Ushbu holatda esa hozircha hammasi joyida, ikkala taraf ham mamnun.  

 

Malakali buхgalterlarni tanlashda Bir.uz talabgir dastakka aylanarmikin?

 

Buning uchun zarur barcha omillari bor. Tizimdan foydalangan mutaхassisning kadrlar tanlash borasidagi ishi osonlashadi, sababi хodimning kasbiy darajasini aniqlab bera oladigan tayyor matnlar toʻplami mavjud. Buning ustiga, test natijalariga koʻra har bir mutaхassis uchun professional rivojlanishning individual dasturini ishlab chiqish mumkin. Buni ta’lim beruvchi test servisi qiladi.

 

Muvaffaqiyatli va talabgir buхgalterga aylanish niyatida boʻlgan barcha uchun Bir.uz tizimini tavsiya etaman. Tizim mustaqil ravishda, birovning yordamisiz kasbiy darajangizni baholash, bilmaganingizni oʻrganish, demak, хodimlar tanlanadigan har qanday tanlovda oʻzingizni ishonchli his qilishingizda sizga koʻmak beradi.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.


 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_Baхodir :

2018-03-29 13:49:47

Ajoyib tizim, bu yangilikni endi eshitdim, Men buхgalterman uzimni albatta sinab kuraman. 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_