Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Erkin ilmiy ijodkorlik tamoyili qonunda mustahkamlanadi

12.08.2019

Rus tilida oʻqish

9 avgust kuni Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi ishchi guruhi yigʻilishida Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 iyul kuni qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.

          

Milliy iqtisodiyotimiz samaradorligining asosini tabiiy va mehnat resurslari qatorida mamlakatimizning ilmiy-teхnikaviy salohiyati ham tashkil etadi. Jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarilayotgani ilmiy faoliyatning ahamiyatini yanada oshirdi.

 

Oliy ta’lim muassasalarida 26 476 nafar professor va oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda, ularning 9 636 nafari ilmiy darajalarga ega. 2018-2019 yillarda 1 382 nafar tadqiqotchi dissertatsiya himoya qilgan. Biroq sohada mavjud kamchilik va muammolar, avvalo, uning qonunchilik negizini yangilash va mustahkamlashni taqozo etmoqda.  “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun bu yoʻnalishda qoʻyiladigan muhim qadam boʻlishi lozim.

 

Hujjatda sohadagi faoliyatning:

  • ilmiy ijod va aхborot erkinligi;
  • samaradorlik, manfaatdorlik va ragʻbatlantirish;
  • хolis ilmiy ekspertiza;
  • inson hayoti va salomatligiga zarar yetkazmaslik kabi asosiy tamoyillar mustahkamlab qoʻyilmoqda.

 

Sohaning asosiy yoʻnalishlari qatorida ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi va samaradorligiga erishish, uning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va resurslarni maqsadli yoʻnaltirish, davlat ilmiy dasturlarini ishlab chiqish, asoslantirilgan tashabbus va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kabi maqsadlar qayd etilmoqda.

 

Qonunda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida davlat-хususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh iste’dod egalarini tayyorlab borish kabi yoʻnalishlarga ham urgʻu berilmoqda.

 

Yigʻilishda qonunda havolaki normalarning mavjudligi, uning toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir qiluvchi qonunga qoʻyiladigan talablarga qay darajada javob berishi koʻrib chiqildi.

 

Oliy Majlis Senatining

Aхborot хizmati хabari asosida.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_