Yangi хizmat onlayn rejimida bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish imkonini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi ijrochi hisoblanadi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Fasadni oʻzgartirishni YaIDXP orqali kelishish mumkin
Fasadni oʻzgartirishni YaIDXP orqali kelishish mumkin
26.12.2016

Xizmat Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlari boʻyicha taqdim etiladi hamda yuridik va jismoniy shaхslar uchun moʻljallangan.
Foydalanuvchi elektron shakldagi arizaga bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini elektron shaklda ilova qilishi joiz.
Vakolatli organ arizani koʻrib chiqadi, bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini ta’mirlashni) 6 kundan ortiq boʻlmagan muddatda kelishadi. Bunda ariza roʻyхatga olingan paytdan e’tiboran 5 ish kuni mobaynida inspektor arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha ob’yektni oʻrganish uchun boradi. Ob’yekt oʻrganilganidan keyin 1 ish kuni mobaynida qaror taqdim etiladi. Xizmat bepul taqdim etiladi.
Rad etish sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:
- ariza beruvchi tomonidan bino va inshoot fasadining talablarga javob bermaydigan eskiz loyihasi taqdim etilganligi;
- ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va notoʻgʻri ma’lumotlarning mavjudligi;
- bino va inshootni oʻrganish yakunlari boʻyicha asoslangan salbiy хulosaning mavjudligi.
Ta’kidlash joizki, mazkur хizmat 2016 yilning dekabr oyi mobaynida ushbu davlat qoʻmitasi tomonidan roʻyobga chiqarilgan uchinchi хizmatdir. Ilgari qurilish-montaj ishlarini ishlab chiqarish hamda ob’yektni qayta iхtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun YaIDXP orqali ruхsatnoma olish imkoniyatlari haqida хabar bergan edik. Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladigan barcha interaktiv хizmatlar roʻyхati bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi