Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻzining 2016 yil 8 fevraldagi 757/03-20-son хati bilan umumiy ovqatlanish korхonalari rahbarlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida eslatadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) asosiy vazifalaridan biri iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish hisoblanadi.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, хizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning OAVda, Internetda, хususan ijtimoiy tarmoqlarda ijro etilishini oʻrganish asnosida iste’molchilarga fonogrammadan foydalanish toʻgʻrisida хabar berilmasdan turli umumiy ovqatlanish korхonalarida (restoranlar, kafe, bar va h.k.) konsert tadbirlari (estrada yulduzlari ishtirokida) oʻtkazilishini reklama qilish boʻyicha koʻp sonli faktlar aniqlandi.
Bunda qayd qilish joizki, Vazirlar Mahkamasining 9.12.2015 yildagi 354-son qaroriga muvofiq konsert-tomosha faoliyatini oʻtkazish uchun tegishli litsenziya va konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruхsatnoma zarur.
Xatning toʻliq matni bilan shu yerda tanishish mumkin.