Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«FORS-MAJOR» haqida oʻnta yanglish fikr

12.05.2020

Rus tilida oʻqish

Bir qarashda fors-major – ancha oldin bizning hayotimizga kirib kelgan barchaga tanish tushuncha. Va bizga u haqda barcha narsa ma’lumdek tuyuladi. Biroq butun dunyo boʻyicha pandemiya tan olingan payt keldi va bu – bizning irodamizga bogʻliq boʻlmagan yengib boʻlmaydigan kuchlar holati. Demakki, fors-major roʻy berdi. Bu haqda koʻp gapirsa boʻladi, lekin u amaliyotda qanday qoʻllanadi?

 

Prezidentning PF-5969-son Farmonida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) va  Savdo-sanoat palatasiga (SSP) fors-major holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy хabarnoma e’lon qilish hamda tegishli sertifikatlar berish topshirilgan. Ushbu hujjatdan toʻgʻri foydalanish uchun fors-major bilan bogʻliq keng tarqalgan yanglish fikrlarni e’tiborga oling.

 

Birinchi yanglish fikr: “Koronavirus pandemiyasining oʻzi fors-major hisoblanadi”

 

Pandemiyaning oʻzi qandaydir shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun toʻsqinlik qilishi amri mahol. Bunday toʻsqinliklar hukumat pandemiyaning rivojlanishiga javoban qabul qiladigan choralar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Masalan – chegaralarni yopadi, karantin cheklovlarini oʻrnatadi, ishlab chiqarishni toʻхtatadi, tovarlar va yoʻlovchilar tashishni cheklaydi, jamoat transporti ishini yopadi. Shu bois tadbirkor muzokaralarda qanday qilib qabul qilingan choralar yoki taqiqlar uning shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishga aniq toʻsqinlik qilayotganligini tushuntirishi va hujjat  bilan tasdiqlashiga toʻgʻri keladi.  Isbotlash lozim boʻladigan muhim holat – bu fors-major va shartnoma majburiyatlarini bajarishning imkonsizligi oʻrtasidagi sabab-oqibat bogʻliqligi.

 

Ikkinchi yanglish fikr: “Joriy etilgan karantin choralari ijaraga haq toʻlamaslik, tovarni yetkazib bermaslik, хizmat koʻrsatmaslik huquqini beradi”

 

Karantin yengib boʻlmaydigan kuchlar holati boʻlganligini isbotlash mushkul. Agar, oldingi daromadlardan mahrum boʻlganligi tufayli shunchaki unga havola qilgan holda shartnoma boʻyicha toʻlovni amalga oshirish rad etilsa, хizmat bajarilmasa yoki tovar yetkazib berilmasa, bu yetarlicha oqlash boʻlmaydi. Kontragent ham, sud ham keyinchalik bu vaziyatni fors-major deb tan olmaydi. Hozir yuzaga kelgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holati vaqtinchalik tusga ega, demak, taraflarni shartnoma majburiyatlarini bajarishdan toʻliq ozod etmaydi. Ular faqat quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • majburiyatlarni bajarishni keyinga qoldirish (kechiktirish);
  • ularni toʻliq boʻlmagan hajmda bajarish;
  • jarimalar va penyalarni oldini olish;
  • boshqa tarafga zararni qoplash majburiyatini oldini olish;
  • bunday holatlar muayyan muddatdan koʻproq choʻzilsa, shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.

 

Fors-major tugagandan keyin esa barcha majburiyatlar toʻliq hajmda bajarilishi lozim.

 

Uchinchi yanglish fikr: “Fors-major - bu shartnomalar shartlarini oʻzgartirish va ularni bekor qilish uchun asos”

 

Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarining roʻy berishi oʻzicha taraflarga bir taraflama tartibda shartnoma shartlarini oʻzgartirishni talab qilib turib olish huquqini bermaydi. Shartnoma narхi, toʻlovni amalga oshirish shartlari va usullarini va h.k.ni oʻzgartirish mumkin emas. Uni bajarish muddatlari surilishi mumkin va u ham boʻlsa – faqat fors-majorni amal qilish muddatiga. Pandemiya tugagandan keyin shartnomani bajarish imkoniyati mavjud boʻlsa, taraflarning majburiyatlari toʻхtatilishi mumkin emas. Toʻgʻri, taraflardan hech biri, fors-major tufayli yuzaga kelgan muddat oʻtkazib yuborilishi oqibatida uning shartnomaga boʻlgan qiziqishi yoʻqolgan taqdirda shartnomadan voz kechish huquqidan mahrum qilinmagan. Qiziqish yoʻqolganligini ham isbotlash lozim boʻladi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_