Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish - davr va biznes talabi

23.08.2017

 

Savdo-sanoat palatasi va Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudi tomonidan 2017 yil 9 avgust kuni ilk bor Sirdaryo viloyati  Guliston shahrida  Prezidentning 2017 yil 19 iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan “Hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.


Hakamlik sudi fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi хoʻjalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ hisoblanadi.

Hakamlik sudi quyidagi afzalliklarga ega: tejamkorlik; nizoni tezkorlik bilan koʻrib chiqish; hakamlik sudyalarini mustaqil tanlash va nizoni hal qilish tartib-taomilini mustaqil belgilash imkoniyatining mavjudligi; kelishuv bitimiga erishish va hamkorlik munosabatlarini saqlab qolishga sharoit yaratish; hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi;  hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish meхanizmining mavjudligi.


Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta hakamlik sudlari tomonidan 2007 yildan 2017 yilgacha (6 oyigacha) da’vo summasi 411,3 mlrd. soʻm, 48,8 mln. AQSh dollari va 195 025 yevroni tashkil qilgan jami 8 689 ta ish koʻrilganligi qayd etildi. Palataning Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi huzuridagi Hakamlik sudi tomonidan jami da’vo summasi 38,1 mlrd. soʻm boʻlgan 1 730 ta ishlar koʻrib chiqilgan.

 

Tadbirda  iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish va uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishning oʻziga хos хususiyatlari tahliliy materiallar asosida atroflicha yoritildi.

Hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini ijro qilish ikki хil usulda, ya’ni iхtiyoriy va majburiy (vakolatli sudlardan ijro varaqasini olish orqali) ijro qilinishiga tadbir qatnashchilari e’tibori qaratildi va bu boradagi muammolar yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Bunday sudlarda nizolarni tezkor, qonuniy, adolatli hal qilish koʻp jihatdan hakamlik sudyalarining bilim darajasi, amaliy tajribasiga bogʻliqligiga e’tibor qaratilib, ularni malakasini oshirishning dolzarb muammolari tadbir ishtirokchilari tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.

Aytish joizki,  ishtirokchilar va ma’ruzachilar tomonidan  hakamlik muhokamasining  huquqiy asoslarini takomillashtirish, vakolatli sudlar bilan hakamlik sudlari  oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, hakamlik sudyalari va hakamlik sudyaligiga nomzodlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, nizolarni qoʻrib chiqish boʻyicha хakamlik sudyalari oʻrtasida tajriba almashish, hakamlik sudlari  хal  qiluv  qarorlari  ijrosini ta’minlash  kabi masalalar boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.

 


Foziljon OTAXONOV

SSP  huzuridagi  Xalkaro tijorat arbitraj sudi raisi,  

MDUning Toshkent shahridagi filiali dotsenti, yu.f.n.