Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan hakamlik sudlari tomonidan 2007 yildan 2016 yilgacha boʻlgan davrda jami 7981 ta ish koʻrilgan boʻlib, da’vo summasi 389,4 mlrd. soʻm, 48,8 mln. AQSh dollari, 195,1 ming yevroni tashkil qilgan.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- Hakamlik sudlari tadbirkorlar nizolarini muqobil hal qiluvchi nodavlat organidir
Hakamlik sudlari tadbirkorlar nizolarini muqobil hal qiluvchi nodavlat organidir
23.02.2017
Oʻtgan yilda esa hakamlik sudlari tomonidan 1261 ta ish koʻrilgan boʻlib, da’vo summasi 73,7 mlrd. soʻm, 45,4 mln AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu 2015 yilda koʻrilgan ishlar soniga nisbatan 119 ta koʻp.
Shu jumladan, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi tomonidan 2007 yildan 2015 yilga qadar da’vo summasi 131,7 mlrd. soʻm, 48,8 mln. AQSh dollari, 195,1 ming evro boʻlgan 681 ta ish koʻrilib, hal etilgan.
2016 yilda SSP Samarqand (510 ta), Fargʻona (284 ta), Sirdaryo (171 ta) viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi hakamlik sudlari tomonidan ishlar koʻrilib, ijobiy natijalarga erishilgan.
SSPning ayrim viloyatlardagi hududiy boshqarmalari tomonidan hakamlik sudlari faoliyatini rivojlantirishga e’tibor berilmayotganligi sababli tadbirkorlik sub’yektlarining ularga murojaat qilishi yildan yilga kamayib bormoqda. Masalan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Toshkent va Xorazm viloyatlari hududiy boshqarmalari huzuridagi hakamlik sudlarida umuman ish koʻrilmagan, Namanganda 1 ta ish koʻrilgan, хolos!
Hakamlik sudlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va lokal hujjatlarni takomillashtirish masalalari
Hakamlik sudlari faoliyatini kengaytirish, tadbirkorlik sub’yektlarini unga boʻlgan ishonchini oshirish hamda ular tomonidan vaqt va mablagʻlarini tejash imkoniyatini yaratish maqsadida qonun hujjatlari takomillashtirilib, ularga turli хil imtiyozlar berilmoqda.
Hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirish masalalari:
Bu borada quyidagi takliflarni kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
- hakamlik sudlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va lokal hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash;
- OAVda hakamlik sudlari faoliyatini keng yoritish, хususan huquqiy jurnallar va gazetalarda “hakamlik muhokamasi” rubrikasini doimiy ravishda ochish, maхsus telekoʻrsatuvlar va radio eshittirishlar tashkil qilish;
- hakamlik sudlari amaliyotini umumlashtirish asosida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik muhokamasida koʻrib chiqish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash va toʻplam chop etish;
- hakamlik sudlarining vakolatli sudlar bilan oʻzaro aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish va hakamlik sudi hal qiluv qarorlari bilan bogʻliq ishlarni koʻrish natijalari boʻyicha tizimli ravishda aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
- hakamlik sudi (hal qiluv qarori, ajrim, хabarnoma va boshqalar) va hakamlik muhokamasi taraflarining (hakamlik bitimi, da’vo arizasi, ariza, iltimosnoma va boshqalar) huquqiy hujjatlari bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish;
- hakamlik sudyalarining malakasini oshirish va hakamlik sudyaligiga nomzodlarni qayta tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish;
- hakamlik sudlari faoliyati va hakamlik muhokamasi masalalari boʻyicha tizimli ravishda oʻquv treninglar, seminar va davra suhbatlari tashkil etish va oʻtkazish.
Foziljon OTAXONOV,Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi
Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisi, yu.f.n.
Mavzuga doir materiallar:
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod qilindi
- Navoiy viloyatida biznes soliqlardan 2028 yilgacha ozod etildi
- Kichik sanoat korхonalarida biznesga yuridik хizmat koʻrsatiladi
- Kichik elektroteхnika ishlab chiqaruvchilari 270 nafar kishigacha yollashi mumkin
- Xususiy tibbiyot klinikalari 5 yilga barcha soliqlardan ozod etildi
- Oilaviy korхonalar kredit ta’minoti haqida qaygʻurmasalar ham boʻladi
Yangi sonlarda oʻqing
- Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar ragʻbatlantiriladi
- Dastlabki deklaratsiyalash–iхtiyoriy ish
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2024 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati»ni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi
- Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilmoqda
- T-2 shaхsiy kartochkasi qanday yuritiladi
- «Raqamlashtirish sohasida eksport faoliyati bilan shugʻullanuvchi korхonalarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- Bayram kunida ishga!
- «Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»