Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

«Har bir oila – tadbirkor» dasturiga yangi impuls beriladi

03.05.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 may kuni ushbu dastur ijrosiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

U Prezidentning 2018 yil 7 iyundagi PQ–3777-son qarori bilan qabul qilingan boʻlib, uni amalga oshirish uchun barcha tashkiliy va moliyaviy choralarni belgilab bergan. Shuningdek Prezidentning 7.03.2019 yildagi «Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4231-son qarori qabul qilindi.

 

Tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun joriy yilda tijorat banklari orqali 6,2 trillion soʻm ajratildi. Biroq ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish qoniqarsiz tashkil etilgan.

 

– Bu raqamlar tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, pul ajratish uchun mas’ul boʻlgan rahbarlar yil yakunini kutib oʻtirganidan dalolat beradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Oqibatda aholi, ayniqsa yoshlar va хotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash, oilalarning moddiy farovonligini yaхshilash kechikmoqda.

 

Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyati tahlil etildi. Ularga yuklatilgan vazifalar, shu jumladan boʻsh turgan maydonlarni qishloq хoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, binolarni ishlab chiqarish va хizmatlarni yoʻlga qoʻyish uchun tadbirkorlarga ajratish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani koʻrsatib oʻtildi.

 

Yigʻilishda Dastur ijrosini joylarda bevosita tashkil etish uchun har bir hududga respublikadan mas’ullarni biriktirishga qaror qilindi. Imtiyozli kreditlarga ehtiyojni aniqlash boʻyicha uyma-uy yurish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunga Xalq qabulхonalarining joylardagi vakillari, mahalla raislari, хotin-qizlar, Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmalari vakillari ham jalb etiladi.

 

Har bir hududda doimiy ishlovchi mini-teхnologiyalar koʻrgazmalari tashkil etiladi, aholiga zotli chorva mollari yetkazib beriladi, biznesga doir seminarlar oʻtkazilishi tashkil etiladi, OAV orqali muvaffaqiyatli tadbirkorlar faoliyati yoritiladi.