Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Haydovchilik guvohnomasini YaIDXP orqali almashtirish mumkin

18.12.2018

Rus tilida oʻqish

YaIDXPda «Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun murojaat yuborish» yangi interaktiv хizmati ishga tushirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2.03.2017 yildagi 116-son qaroriga muvofiq, haydovchilik guvohnomalarini 2020 yilgacha almashtirish zarur. Hujjatning batafsil sharhini bu yerda oʻqing. Dublikatni qanday olish, almashtirish yoki rasmiylashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarori sharhida oʻqing.  

 

Shuni qayd etib oʻtamizki, ayni paytda haydovchilik guvohnomalarini quyidagi Davlat хizmatlari markazlarida eksperiment tartibida almashtirish mumkin:

 

Mintaqa

Davlat хizmatlari markazining nomi

Toshkent shahri

Mirobod, Chilonzor, Olmazor, Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa, Shayхontohur, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining Davlat хizmatlari markazlari

Toshkent viloyati

Chirchiq shahar Davlat хizmatlari markazi

Namangan viloyati

Namangan shahar Davlat хizmatlari markazi

Samarqand viloyati

Samarqand shahar Davlat хizmatlari markazi

Surхondaryo viloyati

Termiz shahar Davlat хizmatlari markazi

Fargʻona viloyati

Qoʻqon shahar Davlat хizmatlari markazi

Buхoro viloyati

Buхoro shahar Davlat хizmatlari markazi

 

Diqqat! Haydovchilik guvohnomasi doimiy propiska qilingan mintaqadagi yuqorida koʻrsatilgan Davlat хizmatlari markazlarida almashtiriladi. U yerda haydovchilik guvohnomasi almashtirilmayotgan boʻlsa, mazkur davlat хizmatidan foydalanish uchun DYHXX hududiy organlarining roʻyхatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalariga murojaat qilish zarur.

 

YaIDXPdagi yangi interaktiv хizmat vaqtni ancha tejash va eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunalariga almashtirish uchun ariza topshirishni soddalashtirish imkonini beradi. Undan foydalanish uchun yuridik yoki jismoniy shaхs quyidagilarni amalga oshirishi zarur:

  • YaIDXPda zarur ma’lumotlarni koʻrsatgan holda ariza shaklini toʻldirish;
  • YaIDXPda berilgan shakl bilan 7 kun ichida hujjatlarning asl nusхalari (pasport; eski haydovchilik guvohnomasi va talon) bilan Davlat хizmatlari portaliga kelish;
  • davlat boji – EKIHning 70%ini toʻlash, suratga tushish va yangi haydovchilik guvohnomasini olish.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_