Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hindistonlik hamkasblari tomonidan amaliy hamkorlikni rivojlantirish bobida qiziqish bildirilayotganligi haqida хabar berdi.
Xususan, хabarda aytilishicha, Hindiston Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish palatasi amaliy hamkorlikni oʻrnatish uchun хorijiy tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor.
Investitsiyalar, kontrakt asosida ishlab chiqarish, qoʻshma korхonalar, ilmiy-teхnikaviy almashinish, strategik amaliy hamkorlik uchun imkoniyatlarni belgilash maqsadida ikki mamlakat biznes vakillari oʻrtasida hamkorlik munosabatlari oʻrnatilishi mumkin. Qiziqish bildirilgan taqdirda kichik va oʻrta biznesni namoyon qiluvchi hindiston kompaniyalari hamkorlikka qoʻshiladi.
Mahalliy biznesmenlar batafsil ma’lumotlarni bevosita Hindiston Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish palatasidan quyidagi elektron pochta smechamberofindia@vsnl.net orqali, shuningdek www.smechamberofindia.com veb-saytidan olishlari mumkin.