YaIDXPda elektr energiyasi, tabiiy gaz va sovuq suv hisoblagichlarini oʻrnatish va yechishga ariza yuborish boʻyicha yangi хizmatlar ishga tushirildi.
Ilgari norma.uz tabiiy gaz iste’molchilari uchun хuddi shunday хizmat ishga tushirilgani haqida хabar bergan edi.
Belgilangan qoidalarga muvofiq kommunal хizmatlar iste’molchilari toʻrt yilda kamida bir marta hisoblagichni yechish va oʻrnatish zaruratiga toʻqnash keladilar. Ushbu tartib-taomillar davlat qiyoslovidan oʻtkazish bilan bogʻliq.
Ushbu хizmatlarni koʻrsatishga ariza berish uchun foydalanuvchilar barcha zarur hujjatlarni olib, хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar ofisiga borishlari talab etilardi. Bu noqulaylik tugʻdirardi.
Endi fuqarolarda uydan chiqmay turib onlayn rejimda ariza yuborish imkoniyati paydo boʻldi.
Tegishli havola orqali oʻtib, kerakli хizmatdan foydalanish mumkin:
- Elektr energiyasini hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish;
- Tabiiy gazni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish;
- Suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichini) yechish va oʻrnatishga ariza yuborish.