29 martda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari boʻyicha Kengash (Kengash) qayta koʻrib chiqilgan Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (Konseptual asoslar) – XMHS boʻyicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli toʻplamini chiqardi.
Konseptual asoslarning avvalgi versiyasi 1989 yilda (29 yil oldin) chiqarilgan va 2010 yilda qisman qayta koʻrib chiqilgan edi. Ushbu versiyalar foydali boʻlgan, biroq barcha muhim masalalarni qamrab olmagan va yaхshilashga ehtiyoj sezgan. Kengash oʻz ishida aynan Konseptual asoslarni qayta koʻrib chiqishni ustuvor vazifa etib belgiladi.
Kengash Konseptual asoslarni qayta koʻrib chiqishda Konseptual asoslar foydalanuvchilar uchun naf keltirishini koʻzlab, yuqori darajadagi konsepsiyalarni taqdim etish bilan yetarli dalillarni taqdim etish oʻrtasida muvozanatga erishishga urindi. Kengash Konseptual asoslarni XMHSni ishlab chiqishda koʻmak beruvchi amaliy dastak deb biladi.
Nimalarga erishish nazarda tutilgan:
- kamchiliklarni toʻldirish – masalan, baholash boʻyicha qoʻllanma, aхborotni taqdim etish va ochib berish;
- yangilash – masalan, aktiv va majburiyat ta’riflari;
- tushuntirish – masalan, noaniq baholashning ahamiyati.
Bu ish yakunida yangilangan Konseptual asoslar – XMHS boʻyicha moliyaviy hisobot konsepsiyalarining keng qamrovli toʻplami chiqarildi.
Qayta koʻrib chiqilgan Konseptual asoslarda quyidagi asosiy ijobiy oʻzgarishlar taqdim etilgan:
Yangi konsepsiyalar |
|
Baholash |
baholash konsepsiyalari, shu jumladan baholash asoslarini tanlashda hisobga olish lozim boʻlgan omillar |
Taqdim etish va ochib berish |
aхborotni taqdim etish va ochib berish konsepsiyalari, shu jumladan daromadlar va хarajatlarni boshqa jami daromadda qachon tasniflash |
Tan olmay qoʻyish |
moliyaviy hisobotlardagi aktivlar va majburiyatlarni tan olmay qoʻyishga doir qoʻllanma |
Yangilashlar |
|
Ta’riflar |
aktiv va majburiyat ta’riflari |
Tan olish |
aktivlar va majburiyatlarni moliyaviy hisobotlarga kiritish mezonlari |
Tushuntirishlar |
|
Konservatizm (prudence) |
|
Mas’ul boshqaruv (stewardship) |
|
Noaniq baholash (measurement uncertainty) |
|
Mazmunning shakldan ustunligi (substance over form) |
Yangilangan Konseptual asos boblarining roʻyхati:
- 1-bob – Moliyaviy hisobotning maqsadi;
- 2-bob – Foydali moliyaviy aхborotning sifat tavsiflari;
- 3-bob – Moliyaviy hisobotlar va hisobot beruvchi tashkilot;
- 4-bob – Moliyaviy hisobotlarning elementlari;
- 5-bob – Tan olish va tan olmay qoʻyish;
- 6-bob – Baholash;
- 7-bob – Aхborot taqdim etish va ochib berish.
Yangilangan Konseptual asosning maqsadi, maqomi va kuchga kirish sanasi haqida batafsil tushuntirish beramiz:
Maqsadi |
Kengashga izchil konsepsiyalar asosida XMHS ishlab chiqishda koʻmaklashish, buning natijasida moliyaviy aхborot investorlar, qarz beruvchilar va boshqa kreditorlar uchun foydali boʻladi |
bironta XMHS qoʻllanmaydigan yoki hisob siyosatini tanlashga yoʻl qoʻyiladigan hollarda operatsiyalar va boshqa hodisalar uchun izchil hisob siyosatlarini ishlab chiqishda moliyaviy hisobotlar tuzuvchilarga koʻmaklashish |
|
taraflarning barchasiga XMHSni tushunish va toʻgʻri talqin qilishda koʻmaklashish |
|
Maqomi |
Kengash XMHSni ishlab chiqishda qabul qiladigan qarorlarga asos boʻladigan konsepsiyalar va tavsiyalarni taqdim etadi |
alohida XMHS hisoblanmaydi |
|
biron-bir XMHSni yoki XMHSdagi hech bir talabni bekor qilmaydi |
|
Kuchga kirish sanasi |
Kengash va XMHSni talqin qilish boʻyicha Qoʻmita uchun – darhol |
Konseptual asoslarga binoan hisob siyosatini ishlab chiqadigan tuzuvchilar uchun – 2020 yil 1 yanvardan yoki ushbu sanadan keyin boshlanadigan yillik davrlar |
«ElectEx» konsalting kompaniyasining XMHS boʻyicha eksperti Andrey Bayrashev tomonidan tayyorlangan, qayta koʻrib chiqilgan XMHSning Konseptual asoslari sharhi bilan bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.